Qozi Ko‘rpesh – Bayan Sulu maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozi Ko‘rpesh – Bayan Sulu maqbarasi
qozoqcha: Қозы Көрпеш — Баян Сұлу мазары
Umumiy maʼlumot
Maqomi Davlat himoyasida
Joylashuvi Qozog‘iston Respublikasi, Sharqiy Qozog‘iston viloyati, Ayago‘z tumani
Balandligi 11,65 m
Oʻlchamlari
Boshqa oʻlchamlari 7,1x7,1 m (tashqi maydoni)
Qozi ko‘rpesh — Bayan sulu qozoq tilidagi kitob.

Qozi ko‘rpesh — Bayan sulu maqbarasi — X-XI asrlar. qurilgan arxitektura yodgorligi. Sharqiy Qozogʻiston viloyati, Ayagoʻz tumani, Tangsiq qishlogʻi yaqinida, Ayagoʻz daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.[1]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara asosi toʻrtburchak taqa shaklida (tashqi tomondan maydoni 7,10x7,10 m, ichki tomondan 3,38x3,38 m), yuqoriga qarab torayib, gumbaz bilan oʻralgan. Balandligi 11,65 m, yerdan gumbazgacha balandligi 4,35 m. Devori granit plita toshdan somon aralash loy bilan yasalgan, qalinligi 1,86 metr. Kirish eshigi sharqqa qaratilgan. Janubiy-sharqiy devori o'lchami 0,7x0,5 m teshik bor (devordan 2,3 m balandlikda).[2] Qozi Ko‘rpesh – Bayan sulu maqbarasining yonida to‘rt tosh haykal bo'lgan. Ularning tasviri eng birinchi bo'lib 1771-yili G.Voloshin qog'ozga tushirgan. Tosh haykallarda uchta ayol va bir erkak tasvirlangan. Xalq rivoyatiga ko‘ra, uch ayolning birinchisi Bayan Sulu, ikkinchisi singlisi Oygiz, uchinchisi singlisi Aytangsiq, erkak esa Qo‘zidir. Afsuski, bu tosh haykallar endi g'oyib bo'ldi. Mahalliy rivoyatlarda Qo‘zi ko‘rpesh – Bayon sulu qabri va uning yonidagi tosh haykallar Sariboyning ukasi Taylaq bi tomonidan yasalgani aytiladi.

Tadqiqot tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1768-1774-yillari qozoq dashtida Rossiya imperiyasining uyushtirgan ikkinchi tadqiqot safari chogʻida X.Bardanes Ayago‘z bo‘ylab toshdan qurilgan Qozi Ko‘rpesh nomli binoning saqlanganin yozgan.

1840-1843-yillari A.I.Shrenkning Markaziy Qozogʻiston tarixiy obidalarini oʻrganish chogʻida maqbara haqidagi maʼlumotlar uchraydi.

1856-yili Cho'qan Valixonov maqbara bilan uning atrofida joylashgan tosh haykallarning qog‘ozga chizgan.

1915-yilda mashhur tarixchi A.N.Beloslyudovning “Qozi Ko‘rpesh – Bayan Sulu dostonin o'rgangan” G.N.Potaninga maktubida quyidagi satrlar bor: “...Qozi Ko‘rpesh-Bayan sulu maqbarasiga ikki marta borib keldim. U (4 haykal) haykallar yo‘q. Maqbara yon tomondan o‘qqa tutilib, qulab tushayapti. Mening marhum akamning (Viktor Nikolaevich) aytishi bo'yicha, haykallarni Germaniyaga olib ketdi. Beloslyudov maqbaraning balandligi 18 metrdan 11-12 metrgacha pasayganini haqida bashorat qilgan.

1952-yilgi Alkey Xaqanuli Marg'ulan boshchilik qilgan Qozogʻiston SSR Fanlar Akademiyasining arxeologik ekspeditsiyasi.

1982-yili maqbara Qozogʻiston SSR-ning tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yodgorliklarining roʻyxatiga kiritilib, davlat muhofazasiga olindi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Махаббаттың отаны – Аягөз“ (qozoqcha) (2018-yil 14-aprel).
  2. „Қозы Көрпеш-Баян Сұлу мазары“ (qozoqcha).
  3. Постановление Совета Министров Казахской ССР от 26 января 1982 года № 38 «О памятниках истории и культуры Казахской ССР Республиканского значения».

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]