Qosimov Begali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Begali Qosimov (1942.19.12, Kasbi tumani Allot qishlogʻi — 2004. 25.9, Toshkent) — adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filol. fanlari d-ri (1984), prof. (1986). Toshkent universitetining filol. fakultetini tugatgan (1963). Shu universitet filologiya fakultetida oʻqituvchi (1966—67), katta oʻqituvchi (1968-70), dotsent (1971—85), prof. (1986 yildan) lavozimlarida ishlagan. "Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti" kafedrasi mudiri (1993 yildan), universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori (1993— 94), filol. fakulteti dekani (1994—95). Q.ning ilmiy tadqiqotlari oʻzbek mumtoz adabiyoti va adabiy aloqalar, oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi masalalariga, matnshunoslikka, jadidchilik hamda jadid adabiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. 20-asr oʻzbek adabiyoti muammolari, shu davr namoyandalari haqida "Mirmuhsin Shermuhamedov" (1967), "Abdulla Avloniy" (1979), "Maʼrifat dargʻalari" (U.Dolimov bilan hamkorlikda, 1990). "Ismoilbek Gasprali" (1992) kabi asarlar yozgan. Q., shuningdek, Yassaviy, Navoiy, Bobur haqida ham i.t.lar olib borgan. "Oʻzbek adabiyoti" (5-, 7-, 9-, 11-sinflar uchun), "Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti" (bakalavrlar uchun) darsliklari hammuallifi.

Manbalar[tahrir]

  • Izlay-izlay topganim, T., 1993; Maslakdoshlar, T.. 1992; Milliy uygʻonish, T., 2002.