Qoshiqburun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoshiqburun
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Ibissimonlar
Binar nomi
Platalea leukorodia


Qoshiqburun (lot. Platalea leucorodia) – laylaksimonlar turkumining ibislar oilasiga mansub qush. Platalea soʻzi lotin tilidan boʻlib , keng degan maʼnoni anglatadi, leucorodia soʻzi esa qadimgi yunoncha leukerodios qoshiq degan maʼnoni anglatadi.

Sistematikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoshiqburunlarning mitoxondrial DNKsini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, ular royal spoonbill va black-faced spoonbill turlarining taksoni hisoblanadi[1].

Qoshiqburun uchta kichik turga boʻlinadi[2]:

P. l. leucorodia – Carl Linnaeus tomonidan 1758-yilda fanga kiritilgan, San-Marino orollaridan topilgan.

P. l. balsaci – Rene de Naurois va Roux tomonidan 1974-yilda fanga kiritilgan, Mavritaniya yaqinidagi orollardan topilgan.

P. l. archeri – Oscar Neumann tomonidan 1928-yilda fanga kiritilgan, Qizil dengiz va Somali qirgʻoqlaridan topilgan.

Osiyodagi qushlar baʼzan P. l major nomi bilan ham ataladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ularning tanasining uzulnligi asosan 80 sm, vazni esa 1,5 kg gacha boʻladi. Tumshugʻi sariq, yassi, uchi qoshiqsimon kengaygan. Oyogʻi qora, pat va parlari oq, gavdasining patsiz joylari sariq. Voyaga yetgan individlarining boshida kokili bor. Daryolarning quyilish joylarida, koʻllardagi qamishzorlarda koloniya boʻlib yashaydi. Qamishlar orasiga, kamdan-kam tol, jiyda daraxtlariga uya quradi. 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 24—25 kun bosadi. Poloponlari iyun – iyul oylarida uyasidan uchib chiqadi. Qoshiqburunlarning tojlari koʻpayish mavsumida tikka boʻladi. Afrikadagi qoshiqburunlar Yevroosiyodagi qoshiqburunlardan yuzi va oyoqlari qizil, toji esa boʻlmasligi bilan farq qiladi.

Qoshiqburunlar asosan sayrashmaydi. Hatto ularning koʻpayish mavsumida ham vaqti-vaqti bilan shunchaki chuqur xirillab qoʻyadi va deyarli ovoz chiqarishmaydi.

Oziqlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ular asosan suv hasharotlari, mollyuskalar, tritonlar, qisqichbaqasimonlar, qurtlar, zuluklar, qurbaqalar, mayda baliqlar bilan oziqlanishadi. Shuningdek, ular yana suv oʻtlari yoki suv oʻsimliklarining kichik boʻlaklarini isteʼmol qilishi mumkin[3]. Ular mayda baliq va qisqichbaqalarni yeyishi davomida ularning ortiqcha qismlarini tumshugʻining yon tomonidan chiqarib tashlashadi[4].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tur Yevropa, Osiyo va Afrikada keng tarqalgan. Yevropa gʻarbida Buyuk Britaniya va Portugaliyadan tortib shimolda Daniya va sharqda Bolqon va Qora dengizgacha choʻzilgan masofada ular istiqomat qilishadi. Osiyoda u materikning markaziy qismida, Qora dengizdan Koreya yarim oroligacha, shuningdek Quvayt, Iroq, Eron, Pokiston, Hindiston va Shri-Lankada va Oʻzbekistonning asosan Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida keng tarqalgan. Afrikada u mahalliy Mavritaniya qirgʻoqlarida, Qizil dengiz va Aden koʻrfazi sohillarida koʻpayadi. Osiyoning issiq hududlarida, Afrika va Pireney yarim orolida koʻpayadigan qushlar bilan solishtirganda, ular asosan oʻtroq tarzda hayot kechiradiga qushlari hisoblanadi yoki faqat mahalliy darajada qisqa masofalarga uchib oʻtishadi. Ular qishlash uchun asosan Afrikaning shimoliy yarmiga yoki Osiyoning iliqroq qismlariga uchib ketishadi. Biroq, baʼzi turlari qishda Buyuk Britaniya, Pireney yarim oroli, Fransiya, Oʻrta yer dengizi va boshqa Yevropa hududlarida qoladilar[5].

Qizil kitobga kiritilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yillarda, Qoraqalpogʻistondagi Orolboʻyi hududlarida keng tarqalgan boʻlib, hozir koʻplab yashash joylaridan yoʻqolib ketgan. Amudaryo deltasida 200 juftgacha, Fargʻona vodiysida 50 ga yaqin, Arnasoy koʻllarida 50 juft, Amu-Buxoro va Qarshi kanallarida 100 juftga yaqin uya quradi. Ovlash taqiqtangan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Molecular phylogeny of the spoonbills (Aves: Threskiornithidae) based on mitochondrial DNA".“.
  2. „"IOC World Bird List (v 7.2)".“.
  3. „"Platalea leucorodia".“.
  4. Attenborough, D. 1998 The Life of Birds. BBC books
  5. „Spoonbill". RSPB. Retrieved 21 May 2022.“.
  6. „O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlar ro‘yxati“.