Qoriyeva Mahsuma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoriyeva Mahsuma (1902, Toshkent — 1946.18.4, Moskva) — ilk oʻzbek ak-trisalaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1937). 1918-yildan M.Uygʻur boshchiligidagi truppada ishlagan. Oʻzbek, rus va jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida yaratilgan spektakllarda yetuk obrazlar yaratgan. Marijon (A.Mus tafin "Karimning qotili"), Jamila, Hojar, Maryamxon, Fotima (Hamza, "Boy ila xizmatchi", "Holisxon", "Zaharli hayot", "Tuhmatchilar jazosi"), Luiza, Amaliya (F.Shiller, "Makr va muhabbat", "Qaroqchilar"), Kseniya (N.Pogodin, "Mening doʻstim") va boshqa Yoqimli ovozga ega boʻlgan Q. ilk oʻzbek musiqali dramalarida ham bosh rollarni ijro etgan: Layli, Shirin (Xurshid, "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin"), unga ayniqsa katta shuhrat keltirgan Halima (Gʻ.Zafariy) va boshqa Ijodi davomida xarakterli rollar ustasi sifatida ham tanilgan: Adelma (K.Gotssi, "Malikai Turandot"), Malika (Lope de Vega, "Qoʻzibuloq"), Orlovskaya (A.Slavin, "Intervensiya"), Gertruda (U.Shekspir, "Hamlet"), Ona (Uygʻun, "Ona") va boshqa shular jumlasidan.