Alinazar qori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qori naqqoshdan yoʻnaltirildi)

Alinazar qori, Qori naqqosh (1881 — Qoʻqon — 1931) — miskar-naqqosh. Qoʻqonlik Hoji Fozil Ot-aulla oʻgʻlidan hunar oʻrgangan. Alinazar qori mis idishlarni qoʻqon uslubida milliy mumtoz naqshlar bilan bezagan, naqshlar orasiga lirik baytlarni mohirona zarb qilgan. U naqsh bergan ajoyib idishlar Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil