Qorasuv madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qorasuv madaniyati - arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirgi choragi va 1-ming yillikning boshlari). Jan. Sibir, Qozogʻiston va Ob daryosining yuqori qismida yashagan qabilalarning manzilgoh va mozorqoʻrgʻonlari. Arxeolog S.A.Teplouxov 20-yillarda Xakasiyaning Qorasuq daryosi vohasida oʻtkazgan arxeologik qazishlar natijasida topgan. Toshdan yasalgan maʼbudalar, turli mehnat va harbiy qurollar, jimjimador sopol idishlar, dastalariga hayvon suratlari solingan jez pichoq va boltalar, bilaguzuk va boshqa topilgan. Arxeologik topilmalar Qorasuv madaniyati qabilalarining Moʻgʻuliston, Shim.Xitoy, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo aholisi bilan iqtiso-diy va madaniy aloqada boʻlganligini koʻrsatadi.