Qoraqoʻl
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qoraqoʻl qirgʻizcha: Каракол | |
|---|---|
| Shahar | |
|
| |
| 42°29′26″N 78°23′37″E / 42.49056°N 78.39361°E | |
| Mamlakat | Qirgʻiziston |
| Hukumat | |
| • mer | Farxad Aljambayev |
| Asos solingan | 1869-yil 1-iyul |
| Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, xristianlar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +996-3922-XXXXX |
| Pochta indeks(lar)i | 722200 |
|
| |
Qoraqoʻl (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shimoliy etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871-yildan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. Oziq-ovqat, meva-sharob, gʻalla mahsulotlari, shu jumladan, non, baliq zavodlari, sut, goʻsht kombinatlari va yengil sanoat (poyabzal va tikuvchilik fabrikalari); elektr-texnika zavodi, elektr issiqlik markazi, aeroport bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi (temir-beton qorishmalari, gʻisht-shagʻal zavodlari). Pedagogika instituti, Issiqkoʻl universitetining oliy iqtisod kolleji, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Qoraqoʻl atrofida „Oqsuv“ va „Jetioʻgʻiz“ balneologik kurortlari joylashgan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |