Qoraqalppoq davlat qoʻgʻirchoq teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoraqalppoq davlat qoʻgʻirchoq teatri - 1990 yil tashkil topgan. Teatr "Oriq mergan" (K.Karimov) spektakli bilan ochilgan. 1991 yil Samarqandda oʻtkazilgan festivalda teatr "Oriq mergan" va "Oq takacha bilan koʻk takacha" spektakllari, 1993 yil Andijon festivalida "Kerak boʻlganing kerak", 1995 yil Toshkent festivalida "Bedana va tulki", 2000 y: Samarqand festivalida "Shum eshak" kabi spektakllari bilan qatnashib, sovrinli oʻrinlar egalladi. 2001 yil Toshkentda oʻtkazilgan "Qoraqalpogʻiston madaniyat kunlari"da teatr "Oʻgʻirlikning oxiri xoʻrlik" spektakli bilan qatnashdi. P.Aytmurotovning "Otam aytgan afsona" asari asosida ishlangan tomoshabop, serzavq tomosha keyingi yillar ishlangan eng yaxshi spektakllardan. Jubandiq Ibragimov, Roza Piyozova, Qurbongul Saparbayeva, Oybek Yesimbetov, Qublonbek Qalilayev, Berdimurod Yusupov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Bosh rej.i va badiiy rahbari M. Zamatdinov.