Kontent qismiga oʻtish

Qoraqalpogʻistondagi namoyishlar (2022)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpogʻistondagi namoyishlar (2022)

Sanalar 2022-yil 1—3-iyul
Urush yeri Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston
Sabab Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritilishi haqidagi loyiha eʼlon qilinib, loyiha boʻyicha amaldagi konstitutsiyadan Qoraqalpogʻistonning suvereniteti va Qoraqalpogʻiston respublikasi referendum orqali Oʻzbekiston tarkibidan chiqishi mumkinligi haqidagi bandlarning olib tashlanganligi;

Dauletmurat Tajimuratovning hibsga olinishi.

Natija Oʻzbekiston prezidenti Konstitutsiyaning Qoraqalpogʻiston respublikasi suvereniteti toʻgʻrisidagi 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini oʻzgartirmaslik toʻgʻrisida taklif berdi
Raqiblar
Qoraqalpogʻiston Namoyishchilar Oʻzbekiston Oʻzbekiston hukumati

Qoraqalpogʻiston Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesi

Qoʻmondonlar
Qoraqalpogʻiston Dauletmurat Tajimuratov Oʻzbekiston Shavkat Mirziyoyev (Prezident)
Yoʻqotishlar
Halok boʻlganlar:
21 kishi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha)[1]
Jarohat olganlar:
205 kishi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha); minglab odamlar (Qoraqalpogʻiston respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumoti boʻyicha[2]
Hibsga olinganlar:
516 kishi
Jarohat olganlar:
38 nafar huquqni muhofaza qilish organi vakillari (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha)
Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklar sodir etishda ayblangan 61 kishi ustidan sud hukmi oʻqildi[3][4][5]

2022-yil 1-iyul kuni Oʻzbekiston tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida namoyishlar boshlandi. Namoyishning asosiy sababi Oʻzbekiston konstitutsiyasidagi Qoraqalpogʻistonning suveren statusiga va Qoraqalpogʻiston vaqti kelib Oʻzbekistondan ajralib chiqishi mumkinligi haqidagi moddalarga oʻzgartirishlar kiritilishi taklif qilinganidir. Namoyishlar Qoraqalpogʻistonning markazi — Nukus shahrida boshlandi va keyinroq Chimboy va Moʻynoq shaharlarida ham boʻlib oʻtdi. Namoyish qatnashchilari avvaliga konstitutsion oʻzgarishlarga qarshi ekanliklarini bildirdilar. Namoyishlar oqibatida bloger, inson huquqlari faoli Dauletmurat Tajimuratov hibsga olindi[⇨].

Xalq noroziliklari oqibatida 2-iyul kuniyoq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga uchib bordi va Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesida soʻzga chiqib, Qoraqalpogʻistonning suvereniteti haqidagi taklif qilinayotgan oʻzgarishlar bekor qilinishini aytdi[⇨].

2022-yil 3-iyul kunidan boshlab Qoraqalpogʻiston hududi boʻylab bir oylik komendantlik soati eʼlon qilindi, aholining soat 21:00 dan 7:00 gacha koʻchada harakatlanishi cheklandi. Ammo 17 kun oʻtgach barcha cheklovlar bekor qilindi[⇨].

Namoyishga olib kelgan sabablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududning oʻziga xosligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — dunyo boʻyicha yashash eng qiyin boʻlgan joylar sirasiga kiradi. Qoraqalpogʻiston hududining 85 % dan ortiq qismini Qizilqum sahrosi egallaydi. Hududda suv tanqisligi muammosi bor. 2002-yilgi maʼlumotlarga koʻra 250 mingdan ortiq kishi Qoraqalpogʻistondan Qozogʻistonga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtgan, bu Qoraqalpogʻiston aholisining beshdan bir qismidir[6]. Bundan tashqari qiyin iqtisodiy vaziyatdagi Qoraqalpogʻiston Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida qiyin ekologik vaziyatga ham tushib bormoqda[7].

1932-yil 20-martda RSFSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Avtonom oblasti RSFSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1936-yil 5-dekabrda bu avtonom respublika Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi[8].

1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy sovetida umumrespublika referendumi orqali mustaqil boʻlish imkonini beruvchi suverenitet haqidagi Deklaratsiya imzolandi. 1992-yil 9-yanvarda Qoraqalpogʻiston ASSR tugatilib, oʻrniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuzildi. 1993-yil koʻplab muhokamalardan soʻng Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekiston subyekti sifatida 20 yil qolishi haqida davlatlararo shartnoma imzolandi. 2013-yilda bu shartnoma shunchaki inkor etildi va Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston subyekti sifatida qolishda davom etdi[9].

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish taklifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 16-may kuni Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifini ilgari surdi[10]. 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror loyihasi ikkala fraksiya deputatlari tomonidan maʼqullandi[11]. 20-may kuni Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi[12]. 2022-yil 24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini bir ovozdan maʼqulladi. Loyiha 25-iyunda xalq muhokamasiga qoʻyildi[13]. Loyihaga koʻra Oʻzbekiston konstitutsiyasining 64 ta moddasiga (bular: 1, 13, 15, 16, 17, 20, 22, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 49, 52, 53, 55, 56, 61, 63, 64, 65, 70, 71, 72, 74, 75, 77, 78, 80, 83, 84, 90, 93, 98, 99, 100, 101, 105, 109, 111, 112, 116, 117, 122, 127) 200 dan ortiq oʻzgartirish kiritish va 6 ta yangi modda qoʻshish (bular: 26¹, 26², 40¹, 41¹, 42¹, 53¹) taklif etilgan[14].

Aynan 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni oʻzgartirishga qaratilgan taklif Qoraqalpogʻistonda avvaliga noroziliklar, soʻng tartibsizliklar boshlanishiga sabab boʻldi:[14]

Modda Amaldagi modda Taklif etilgan oʻzgarishlar
70-modda Suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
71-modda Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid boʻlishi mumkin emas.

72-modda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ham majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ham majburiydir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining yagona huquqiy tizimiga kiradi va u Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tarkibiy qismidir.

74-modda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq amalga oshiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy mansabdor shaxsidir.

75-modda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanishi uchun zarur moliyaviy, moddiy, tashkiliy-texnik va boshqa shart-sharoitlarni yaratadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati oliy organlarida oʻz vakillariga ega boʻladi.

Voqealar xronologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Namoyishlardan keyin qolgan yongʻin izlari

Nukus koʻchalariga Qoraqalpogʻiston bayrogʻini koʻtargan yuzlab odamlar toʻplanishdi[15]. Namoyishchilar yoʻlboshchisi, yurist Dauletmurat Tajimuratov 5-iyul kunida tinch namoyishlar oʻtkazish uchun hokimiyatdan ruxsat olganini eʼlon qildi[16]. Keyinroq, ichki ishlar organi xodimlari Tajimuratovni oilasi bilan nomaʼlum joyga olib ketishdi[17]. Aholi Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilish talabi bilan namoyishlarni boshlab yubordi. Keyinroq namoyishlar Chimboy va Moʻynoqda ham kuzatildi[18]. Namoyishning faol qatnashchilarini hibsga olish boshlab yuborildi. Qoraqalpogʻistonliklarning soʻzlariga koʻra odamlar namoyish haqida maxsus telegram guruhlarda yozishmalar olib borishgan va shunga koʻra harakatlarini muvofiqlashtirishgan. Shu kuni Oʻzbekiston hukumati Qoraqalpogʻistonga Milliy gvardiyaning qoʻshimcha kuchlarini kiritdi[19]. Bu paytda Oʻzbekistondagi ommaviy axborot vositalari ushbu namoyishlar haqida hech qanday xabar eʼlon qilmadi[16].

TurkmenNews nashri bosh muharriri Ruslan Mityayevning soʻzlariga koʻra Dauletmurat Tajimuratovni tezda ozodlikka chiqarishgan. Ozodlikka chiqqanidan soʻng u avval masjidga, keyin oʻz uyiga ketgan. Uyidan turib oʻz telegram kanaliga unda „hammasi yaxshi“ ekani haqida ovozli xabarlar joylagan. Lekin koʻp oʻtmay Tajimuratov unga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati aloqaga chiqqanini va „bu ishlarning barchasini toʻxtatish“ni talab etganini iddao qildi. Iddaoga koʻra, agar Tajimuratov namoyishlarni tezda toʻxtatmasa, unga qarshi poraxoʻrlik va besoqolbozlik bilan shugʻullangani boʻyicha ish ochilishi va otasining „eski ish“i yuzaga qalqib chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan[20].

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga koʻra Nukus shahrida boshlangan namoyishlarga „konstitutsiyadagi oʻzgarishlarni notoʻgʻri talqin qilish“ sabab boʻlgan[21].

Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesi bergan maʼlumotlarga koʻra namoyishchilar davlat boshqaruv organlari binolarini egallab olishga urinishgan[22].

Ertalabki soat 4 da 5 ta avtobus bilan Dauletmurat Tajimuratovning uyiga kelib, uni nomaʼlum tomonga olib ketishdi[23]. Nukusdagi chorrahalarga blokpostlar oʻrnatildi. Koʻchada yurgan odamlarni ushlab koʻk furgon avtomobillarda olib ketishdi. Nukusda mobil va statsionar internet oʻchirildi. Nukusga Taxiatosh va Xoʻjayli shaharlari tomondan kirish yoʻllari toʻsildi[24].

Shuningdek Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanini Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatiga qarashli Beyneu tumani bilan bogʻlovchi Dovud ota postida qatnov cheklandi. Bu yoʻnalishda temir yoʻl qatnovi ham vaqtincha toʻxtatilishi maʼlum qilindi[25].

Shu kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi[26]. Shuningdek Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham Qoraqalpogʻistonga uchdi[27].

Kechki payt Nukusda prezident ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi, unda Mirziyoyev, agar qoraqalpogʻistonliklar norozi boʻlsa, Qoraqalpogʻistonga oid birorta modda oʻzgarmasligini maʼlum qildi[28][29][30].

Shu kuni bir necha manbalar kuchishlatar tizimlar tomonidan aholiga qarata oʻq uzganini, kuchishlatarlarga ogohlantirmasdan otish buyrugʻi berilganini maʼlum qilishdi[31]. Soat 23:00 da internetda vafot etganlar va jarohatlanganlarning ilk suratlari paydo boʻldi[32].

Nukusda yoqib yuborilgan koʻcha tozalovchi mashina. 2022-yil 3-iyul

Qoraqalpogʻistonda 3-iyuldan boshlab favqulodda holat eʼlon qilindi va komendantlik soati oʻrnatildi[33].

Toshkentga kelib tushganidan bir necha soat oʻtib Shavkat Mirziyoyevning samolyoti yana Nukusga uchib ketdi[34]. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va kuchishlatar organ xodimlari orasida qurbonlar borligi haqida gapirdi, namoyish qatnashchilari „buzgʻunchilik“ qilganini aytdi[35].

Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Sultonbek Ziyoyev Nukus kasalxonalari namoyishlar paytida jarohat olganlar bilan toʻlganini maʼlum qildi[36]. Shu kuni namoyishlar toʻxtadi[37].

Yoʻqotishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Nukusdagi tartibsizliklar oqibatida 18 kishi halok boʻlganini, 243 kishi tan jarohatlari olganini (shulardan 38 nafari huquqni himoya qiluvchi organ vakillari) va 516 kishi hibsga olingani haqida bayonot berdi[38].

Komendantlik soati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 3-iyul soat 01:00 dan 2022-yil 2-avgust 00:00 gacha (bir oy) Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat eʼlon qilindi. Unga koʻra bir oy davomida soat 21:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati amal qiladi. Qoraqalpogʻiston hududi komendaturasi tashkil etilib, unga „Favqulodda holat toʻgʻrisida“gi qonunda nazarda tutilgan barcha vakolatlar berildi. Qoraqalpogʻiston komendanti etib Milliy gvardiya qoʻmondoni Rustam Joʻrayev tayinlandi[39].

Komendantlik soati paytida quyidagi chora va cheklovlar amal qilishi eʼlon qilindi:

  • jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obyektlarini muhofaza qilish kuchaytiriladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida harakatlanish erkinligi shu jumladan transport vositalari uchun cheklanadi;
  • jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshiriladi, ular shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi, ulardagi ashyolar va transport vositalari koʻzdan kechiriladi;
  • Qoraqalpogʻistonga kirish va undan chiqish cheklanadi;
  • tinch yigʻilishlar, koʻngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi taqiqlanadi;
  • yuridik shaxslar faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;
  • qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlanadi. Shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi;
  • jismoniy shaxslardan qurol va oʻq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaxslardan esa qurol, oʻq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va oʻquv-harbiy texnika, portlovchi va radiaktiv moddalar vaqtinchalik olib qoʻyiladi[39][40]

2022-yil 20-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesning iltimosiga binoan 2022-yil 21-iyul soat 05:00 dan boshlab hududida favqulodda holatni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi[41].

Xalqaro munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Qoʻshma Shtatlar AQSh davlat departamenti vakili Ned Price Oʻzbekiston hukumatini insonlarning barcha asosiy huquqlarini, shuningdek, tinch namoyishlar va oʻz fikrini erkin bayon etish huquqini himoya qilishga va insonlarga nisbatan qilingan zoʻravonliklarga qarshi tekshiruv oʻtkazishga chaqirdi[42].
  • Belarus Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus mustaqillik kuni munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Qoraqalpogʻistondagi namoyishlarda chet elliklar, ayniqsa, Gʻarb vakillari ishtirok etgani haqida gapirdi va bu namoyishlar 2022-yilgi Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan namoyishlarga oʻxshashligini taʼkidladi. Markaziy Osiyoga Xitoyning taʼsiri haqida gapiraturib, shunday dedi: „Xuddi bizdek Markaziy Osiyo ham ikki olov oʻrtasida qolgan: bir tomonda yevropaliklar va amerikaliklar, boshqa tomonda Xitoy. Xitoy Markaziy Osiyoning yashab qolishiga, oyoqda turishiga yordam beryapti. Bu urush yaqin vaqtlarda Oʻrta Osiyoda boʻlib oʻtadi. Buning alomatlari allaqachon maʼlum boʻldi“[43].
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMTning inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Michelle Bachelet Oʻzbekiston hukumatini voqealar boʻyicha „tezkor, mustaqil va shaffof tekshiruv oʻtkazishga“ va Qoraqalpogʻistonda internet cheklovini bekor qilishga chaqirdi[44].
  • Hindiston Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Arindam Bagchi tinchlikni saqlash va holatni izdan chiqishini oldini olishda Oʻzbekiston hukumati amalga oshirgan harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Shuningdek, namoyishlar vaqtida halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi[45].
  • Qirgʻiziston 2022-yil 4-iyul kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Qirgʻiziston siyosatchilari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan voqealardan juda tashvishga tushganini va oʻz vaqtida qattiqqoʻllik va aniqlik bilan qilingan harakatlar natijasida Qoraqalpogʻistondagi vaziyatni qoʻlga olshga muvaffaq boʻlinganini taʼkidladi[46].
  • Qozogʻiston Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Bayonotda shunday deyiladi: „Biz Oʻzbekiston oliy hokimiyatining Qoraqalpogʻistondagi vaziyatni oʻnglash borasidagi qarorlarini olqishlaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Ishonamiz-ki, birodar Oʻzbekistonda muhim siyosiy sana — Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish borasidagi referendum ostonasida tinchlik va xotirjamlik hukm suradi“[47].
  • Rossiya Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi bu masala Oʻzbekistonning ichki ishi hisoblanishini taʼkidlagan holda Oʻzbekiston hukumatiga ishonishini aytib oʻtdi. Manfaatdor tomonlarni muammoni ommaviy tartibsizliklar bilan emas, qonuniy vositalar bilan hal qilishga chaqirdi.
  • Turkiya Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston hukumati va xalqi bu masalani „sogʻlom aql va tinchlik osoyishtalik bilan“ hal qilishiga ishonishini aytdi[48].
  • Turkmaniston Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi „Oʻzbekiston rahbariyatining konstitutsion tuzum va qonuniylikni, aholi xavfsizligi va hotirjamligini himoya qilish borasidagi oʻz vaqtida va iroda bilan amalga oshirgan ishlarini“ qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[49].
  • Xitoy Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Zhao Lijian Xitoy Oʻzbekiston hukumatining milliy muvozanatni saqlash borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida oʻz tinchligi va birligini saqlab qola olishini taʼkidladi[50].
  • Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonni “Qoraqalpogʻistondagi zoʻravonlik holatlarini ochiq va mustaqil tergov qilishga” chaqirdi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, prezidentning xalq noroziligiga sabab boʻlgan konstitutsiyaga oʻzgartirishlarga tezkor munosabatini qayd etdi. Prezident Yevropa kengashi rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi[51].

2023-yilning 31-yanvar kuni Buxoro viloyat sudida 2022-yil 1–2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirganlikda ayblangan 22 nafar sudlanuvchi ustidan sud hukmi eʼlon qilindi[3].

Sudlanganlar roʻyxati quyidagi jadvalda keltirilgan:

T.r. Sudlanganlarning ism-familiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha ayblangan moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha jazo tayinlangan modda Sud hukmiga koʻra tayinlangan jazo Manba
1 Allabay Toqimbetov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
2 Amirbek Adilbekov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
3 Arislan Temirxanov 244-modda 3-qismi 57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
4 Azamat Nuratdinov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 4 yil 5 oy 17 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
5 Azamat Turdanov 244-modda 3-qismi 45-, 57-moddalar 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash [3]
6 Axmet Smetullayev 244-modda 3-qismi 57-modda 4 yil 5 oy 8 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
7 Bayram Seytniyazov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
8 Baxtiyar Kadirbergenov 244-modda 3-qismi,
277-modda 1-qismi
57-, 59-moddalar 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
9 Berdax Genjebayev 164-modda 2-qismi „b“ bandi,
244-modda 3-qismi,
277-modda 2-qismi „a“ bandi
57-, 59-moddalar 4 yil 10 oy 11 kun muddatga ozodlikni cheklash [3]
10 Dauletmurat Tajimuratov 159-modda 4-qismi,
167-modda 3-qismi „a“ bandi,
243-modda,
244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
59-modda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
11 Daoʻletmurat Djiemuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
12 Lolagul Kallixanova 159-modda 4-qismi,
244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
57-modda 7 yil 5 oy 6 kun yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi lekin OʻzR JKning 72-moddasiga muvofiq jazo 3 oy sinov muddati bilan almashtirilib, sud zalida ozod qilindi [3]
13 Nurlan Nayipov 244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“, „g“
59-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
14 Nurlan Sultamuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
15 Polat Nurniyazov 244-modda 3-qismi 57-modda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
16 Polat Shamshetov 244-modda 3-qismi 45-, 57-modda 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
17 Qaharman Seytimov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
18 Razbek Bekmuratov 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
19 Saipnazar Kalimov 244-modda 3-qismi 57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
20 Salamat Kalilayev 244-modda 3-qismi 57-modda 2 yil 5 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilindi lekin OʻzR JKning 72-moddasiga muvofiq jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilandi [3]
21 Seydabulla Medetov 244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“, „g“ bandlari
59-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
22 Sultanbek Kaipov 244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“ bandi
57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [3]
  • Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev, Dauletmurat Tajimuratov, Daoʻletmurat Djiemuratov va Lolagul Kallixanova ayblangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-, 104-moddasi 3-qismi „a“ bandi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli jinoyat tartibidan chiqarildi[3].
  • Razbek Bekmuratov va Sultanbek Kaipov ayblangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi „a“ bandi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli jinoyat tartibidan chiqarildi[3].
  • Azamat Nuratdinov ayblangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi „g“ bandi oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli jinoyat tartibidan chiqarildi[3].

Bundan tashqari sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard soʻmlik zarardan 256 million soʻmi undirilgani hisobga olingan holda, undirilmagan 6,5 milliard soʻmdan ortiq moddiy zararni sudlanganlardan undirish, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan 228 million soʻm zararni sudlangan Dauletmurat Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli hisoblangan va jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulkni zararni qoplashga qaratish belgilandi[3].

2023-yilning 17-mart kuni Buxoro viloyat sudi binosida Nukusda ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan 39 nafar sudlanuvchi ustidan sud hukmi eʼlon qilindi[4][5].

Sudlanganlar roʻyxati quyidagi jadvalda keltirilgan:

T.r. Sudlanganlarning ism-familiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha ayblangan moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha jazo tayinlangan modda Sud hukmiga koʻra tayinlangan jazo Manba
1 Abdimalik Xojanazarov 244-modda 3-qismi
244-1-modda 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
2 Abzal Naurizbayev 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
3 Adilbek Sariyev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
4 Alimbay Mirzambetov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
5 Alpamis Jumabekov 244-modda 3-qismi
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
6 Alysher Sharapov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
7 Amantay Seytmuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
8 Asilbek Omirzakov 166-modda 2-qismi „a“, „v“ bandlari,
244-modda 3-qismi
57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
9 Aydos Yesemuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
10 Azamat Allanazarov 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
11 Dauletkeldi Nadirbayev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
12 Daoʻranbek Ramanov 244-modda 3-qismi,
247-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandi
57-modda 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
13 Islam Saparov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
14 Islam Polatov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
57-modda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
15 Islambek Aitmuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
16 Kamal Yeshjanov 244-modda 3-qismi 57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
17 Kongratbay Bekpolatov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
18 Kuanishbay Begaliyev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
19 Manas Raxmanov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
20 Muratbay Pirlepesov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
21 Nuratdiyin Xabipov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
22 Nurmuxammed Genjebayev 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
23 Nursultan Baylepesov 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
24 Nursultan Duysenbayev 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
25 Nusret Bauyetdinov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
26 Omirbek Kurbanov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
59-modda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
27 Ongarbay Mamutov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
28 Oralbay Dosnazarov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
59-modda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
29 Polat Yesengeldiyev 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
30 Quanishbay Baxiyev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
31 Rasul Sultaniyazov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
32 Raximjan Jumabayev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
33 Ruslan Baimbetov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
34 Rustam Dosimbetov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
35 Timurbek Ismailov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
36 Yesimqan Qanaatov 244-modda 3-qismi
244-1-modda 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash [4][5]
37 Zairbek Pirjanov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
38 Zamirbek Tadjimuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]
39 Sharapat Ashirbekov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish [4][5]

Jinoyatlar oqibatida 6,5 mlrd soʻmdan ortiq ortiq miqdorga teng moddiy zararni sudlanuvchilardan undirish, sudlanganlarga tegishli boʻlgan va jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklar oʻsha zararlarni qoplashga qaratilishi hukm qilindi[52].

  1. „Қорақалпоғистонда содир бўлган воқеалар оқибатида яна 3 киши вафот этди“. Kun (18-iyul 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  2. „Uzbekistan reports casualties in unrest, opposition says at least 5 killed“. Reuters (2022-yil 3-iyul). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 3,14 3,15 3,16 3,17 3,18 3,19 3,20 3,21 3,22 3,23 3,24 3,25 3,26 3,27 „Қорақалпоғистон воқеалари: Кимга қандай жазо тайинланди? Кимлар оқланди?“. Rost24.uz (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 4,25 4,26 4,27 4,28 4,29 4,30 4,31 4,32 4,33 4,34 4,35 4,36 4,37 4,38 4,39 4,40 Chorieva, Ozoda. „Sud Nukus voqealarida ayblangan 39 kishiga hukm chiqardi“. Qalampir.uz (2023-yil 17-mart). Qaraldi: 19-mart 2023-yil.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 5,12 5,13 5,14 5,15 5,16 5,17 5,18 5,19 5,20 5,21 5,22 5,23 5,24 5,25 5,26 5,27 5,28 5,29 5,30 5,31 5,32 5,33 5,34 5,35 5,36 5,37 5,38 5,39 5,40 „Qoraqalpog'iston voqealari bo'yicha ikkinchi sudda 39 kishi aybdor deb topildi, 11 nafariga shartli jazo“. Amerika ovozi (2023-yil 17-mart). Qaraldi: 19-mart 2023-yil.
  6. „Алга, Каракалпакстан! На берегах высохшего Арала появились сепаратисты“ (ruscha). Lenta.RU. Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  7. Хасанов, Риза „Аральцы. В плену у времени и моря“ (ruscha). novayagazeta.ru. Новая газета (2021-yil 26-mart). Qaraldi: 18-yanvar 2023-yil.
  8. „Karakalpakstan Republic“ (inglizcha). InfoPlease. 22-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  9. ЕРМАШЕВ, Тимур; ЭНГЕЛЬГАРДТ, Павел „Республика в составе Узбекистана может утратить суверенный статус. Жители возмущены“ (ruscha). Радио Азаттык. Настоящее Время (1-iyul 2022-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  10. „OʻzLiDeP Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi“. Daryo (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  11. „Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish borasidagi qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi“. Daryo (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  12. „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi“. Daryo (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  13. YouTube logotipi Ўзбекистон: Қорақалпоғистон вилоятга тенглаштириладими ё қорақалпоқлар нега норози? BBC O'zbek YouTubeda // BBC Uzbek. 1-Iyul 2022-yil
  14. 14,0 14,1 „Konstitutsiyaga taklif etilayotgan oʻzgarishlar roʻyxati“. Kun.uz (2022-yil 25-iyun). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  15. Deutsche Welle (www.dw.com). „В Узбекистане протестуют против поправок в конституцию | DW | 02.07.2022“ (ru-RU). DW.COM. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  16. 16,0 16,1 „В Узбекистане вспыхнули протесты накануне «обнуления» сроков президента“ (ruscha). The Moscow Times на русском (1-iyul 2022-yil). 1-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  17. „В Каракалпакстане — протесты против поправок о статусе автономной республики. МВД Узбекистана назвал акции «незаконными»“ (ruscha). Радио Азаттык. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  18. „Протесты в Каракалпакстане: люди вышли на улицы из-за инициативы Ташкента изменить статус республики“. Радио Азаттык (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  19. „Turkmen.news: Узбекистан ввел дополнительные силы Нацгвардии в Каракалпакстан из‑за протестов против поправок в Конституцию“ (ruscha). Медиазона Центральная Азия. 1-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  20. „В Каракалпакстане начались протесты против поправок к конституции Узбекистана, из-за которых республика может лишиться суверенного статуса“ (ruscha). The Insider. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  21. „МВД Узбекистана объяснило демонстрации в Нукусе «неправильным толкованием конституционных реформ»“ (ruscha). Медиазона Центральная Азия. 1-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  22. „Қарақалпақстанда жүз берген жағдайларға байланыслы“. Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  23. ХУК! — СМИ для Нового Узбекистана. „Что известно на 2 июля 14.00 о событиях в Нукусе“. Telegram. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  24. „В Нукусе задержали активиста Даулетмурата Тажимуратова, который анонсировал митинг 5 июля“ (ruscha). Медиазона Центральная Азия. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  25. Kun uz. „“Довуд ота” постидан Қозоғистонга ўтиш ва қайтиш вақтинча тўхтатилди“ (oʻzbekcha). Kun.uz. 3-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  26. „Шавкат Мирзиёев Нукусга жўнаб кетди“ (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  27. „Борт Шавката Мирзиеева вылетел из Ташкента в Нукус“ (ruscha). Медиазона Центральная Азия. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  28. „Шавкат Мирзиёев: “Қорақалпоқ халқи норози бўлса, биронта модда ўзгармайди” (видео)“ (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  29. „Мирзиеев решил не менять статьи конституции о суверенитете Каракалпакстана | Tengrinews.kz“. tengrinews.kz. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  30. „Из-за протестов президент Узбекистана предложил не упразднять суверенный статус Каракалпакстана в новой версии Конституции“. Новая газета. Европа (2-iyul 2022-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  31. „В Узбекистане на протестах начали стрелять - видео“ (ruscha). ВЕСТИ (2-iyul 2022-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  32. SVTV NEWS. „Из северных районов Республики Каракалпакстан, городов Шымбай, Халкабад, Тахтакопир протестующие движутся в сторону столицы республики г. Нукус“. Telegram. 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  33. „На фоне протестов в Каракалпакстане ввели режим ЧП“ (ruscha). Фонтанка.ру (2022-yil 2-iyul). 3-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  34. „Президент Узбекистана вновь вылетел в протестующий город Нукус“. Коммерсантъ. 3-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  35. „Uzbekistan president announces ‘fatalities’ in provincial unrest“ (inglizcha). www.aljazeera.com. 3-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  36. „Thousands wounded in unrest in Uzbekistan's Nukus - Uzbek news website“. Reuters (3-iyul 2022-yil). 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  37. „Как начинались и как были подавлены протесты в Каракалпакстане: хронология“ (ruscha). 22-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  38. „В Нукусе погибло 18 человек, в больницах находится 94 раненых“ (ruscha). Газета.uz (4-iyul 2022-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  39. 39,0 39,1 „Қорақалпоғистонда фавқулодда ҳолат эълон қилинди“. Kun.uz (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  40. „Qoraqalpogʻistonda 2-avgustgacha favqulodda holat joriy etildi“. Gazeta.uz (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  41. „Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida“ (oʻzbekcha). https://president.uz/.
  42. U.S. calls for investigation into deadly Uzbekistan violence | National Post
  43. „Lukashenko: They start destabilizing Central Asia“ (en-EN). eng.belta.by (2-iyul 2022-yil). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  44. „Верховный комиссар ООН призвала не ограничивать интернет в Каракалпакстане“. gazeta.uz (6-iyul 2022-yil).
  45. Press Trust of India.. „India Hopes for Early Stabilisation of Situation in Uzbek Province Hit by Violent Protests“. News 18 (6-iyul 2022-yil). Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  46. „Жапаров менен Мирзийоев телефон аркылуу сүйлөштү. Талкууланган маселелер“ (ky).
  47. „Kazakh Foreign Ministry issues statement on Karakalpakstan unrest“. tashkenttimes.uz (3-iyul 2022-yil). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  48. Abdulkerimov, Bahtiyar. „18 people killed during protests in Uzbekistan's Karakalpakstan“. Anadolu Agency (4-iyul 2022-yil). Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  49. „Turkmenistan Foreign Ministry’s press release on recent events in Karakalpakstan“. www.newscentralasia.net (5-iyul 2022-yil). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  50. „Foreign Ministry Spokesperson Zhao Lijian’s Regular Press Conference“. Ministry of Foreign Affairs of the People's Republic of China (4-iyul 2022-yil). Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  51. „ЕС призвал к «открытому и независимому расследованию» событий в Каракалпакстане“ (ru-RU). gazeta.uz (2-iyul 2022-yil). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  52. „Расмий ахборот“. Sud.uz. Ўзбекистон Республикаси Олий суди (2023-yil 17-mart). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2023-yil.