Qorapoʻchoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qorapoʻchoq 3744dan yoʻnaltirildi)

Qorapoʻchoq, Qorapoʻchoq 3 7 44 — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida chiqarilgan. Shakli choʻziq-tuxumsimon, uz. 32—45 sm, sirti tekis, oʻrtacha boʻrtmali toʻrlar bilan qoplangan. Tusi toʻq yashil, etining qalinligi 4—4,5 sm. oq, yumshoq, bir oz tigʻiz, shirin. Ogʻirligi 4—4,5 kg (9 kg gacha). Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda. Tarkibida 9,8% qand, 11,7% quruq modda bor. Saqlanish davomida shirinligi ortib boradi. Niholi unib chiqqanidan soʻng birinchi hosili 124 kunda pishadi. Hosildorligi 300—320 s/ga. Yaxshi saqlanadi, uzoq joylarga yuborishga yaroqli. 1949-yildan Fargʻona vodiysida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.