Qoraoʻrdak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraoʻrdak - gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar kenja oilasiga mansub qush. Oyoqlari kalta, qizil, panjalari yirik. Panjalari orasidagi pardalar keng. Qanoti nisbatan kichik, dumi kalta. Nari qora, modasi qora-qoʻngʻir tusda. Yev-ropa va Ob daryosi havzasida uya quradi. 6—10 ta tuxum qoʻyadi. Oʻrta Osiyoda qushlar uchib oʻtishi davrida uchraydi. Mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Soni kamligi tufayli xoʻjalik ahamiyatiga ega emas.