Qorabel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QorabelParopamiz togʻlari etagidagi qir. Murgʻob va Amudaryo daryolari oraligʻida. Eng baland joyi 980 m. Neogen va antropogen davrlarining allyuvial-prolyuvial lyossimon qum-toshlaridan tashkil topgan. Yer yuzasi jan.dan shim.ga qiya boʻlib, choʻl va chala choʻl, efemer hamda subtropik efemeroid dasht oʻsimliklari bilan qoplangan.