Qora laylak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qora laylak
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Laylaklar
Urugʻ: Ciconia
Turlari: Qora laylak
Xalqaro ilmiy nomi
Ciconia nigra (Linnaeus, 1758)

Qora laylak ( lotincha: Ciconia nigra) — laylaklar oilasiga mansub qush. Belarus, Bolgariya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina, Tojikiston va Rossiya Federasiyasi, shuningdek, uning alohida hududlari (Volgograd, Mordoviya, Saratov, Ivanovo, Xabarovsk o‘lkasi, Udmurt Respublikasi, Saxalin Qizil kitoblariga kiritilgan).

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ciconia nigra 646.jpg

U Yevroosiyoning o‘rmon hududlarida yashaydi, odamlardan qochishga harakat qiladi. Rossiyada qora laylak Boltiq dengizidan Ural orqali 60-61 parallellar bo‘ylab va butun Janubiy Sibirdan Uzoq Sharqgacha, shu jumladan Saxalin orolida yashaydi. Kuril va Kamchatka yarim orollarida uchramaydi. Alohida populyasiyasi Rossiyaning janubida, Checheniston, Dog‘iston va Stavropol o‘lkasi o‘rmonlarida yashaydi. Rossiyadagi qushlarning eng ko‘p soni Primorya tuman mintaqasida joylashgan. Dunyodagi eng katta qora laylak populyasiyasi Belarusiyada joylashgan O‘rta Pripyat buyutmaxonalari hududida yashaydi[1] .

Janubiy Osiyodagi (Pokiston, Hindiston va Xitoy quyi tog‘ Himoloylar, Hindistonning markaziy hududlari, janubi-sharqiy Xitoy, jumladan Tayvan) va Afrikada qishlaydi[2] . Janubiy Afrikada qora laylaklarning o‘troq holati yashaydi.

U oq laylakdan nozik tuzilishi, biroz kichikroq o‘lchami, patlarida qoraranglarning ustunligi, tumshug‘ining sezilarli darajada yuqoriga qiyshaygani bilan ajralib turadi va dengiz ustida uchib o‘tishdan cho‘chimaydi. Avstriya, Xorvatiya va Vengriyada uyalagan qora laylaklarning uzoq muddatli ko‘chmanchiliklari Sitsiliya yoki Krit orqali o‘tadi.

Ciconia nigra - Heidelberg.jpg
European Black Stork 13.jpg

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qora laylakning turmush tarzi kam o‘rganilgan. Bu sirli qushning oq laylakdan farqi, inson bilan bevosita aloqani xush ko‘rmaydi, balki sokin va tinch suv havzalari - o‘rmon ko‘llari, daryolar, botqoqliklar yaqinidagi tekisliklar va tog‘ etaklarida, o‘rmonlarda qo‘nim topishni afzal ko‘radi. Parvoz paytida qora laylak, boshqa laylaklar kabi, ko‘pincha qanotlarini yoyib uchadi. Hamma laylaklar singari qora laylak ham bo‘ynini oldinga cho‘zib, uzun ingichka oyoqlarini orqaga tashlab uchadi.

Ozuqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayoz suvlarda, sel tekisliklarida va suv havzalari yaqinida qora laylak asosan baliqlar, mayda suv umurtqali va umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Qishlashda yuqoridagilardan tashqari mayda kemiruvchilar, yirik hasharotlar, ba’zi holatlarda ilon, kaltakesak va mollyuskalar bilan kun kechirishadi.

Ko‘payishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qora laylak tuxumi

Qora laylak - monogammali qush, u uch yildan keyin ko‘paya boshlaydi. U yiliga bir marta 10-25 m balandlikda keksa, baland daraxtlarning ustuniga yoki odamlar yashaydigan joydan uzoqda joylashgan qoyalarning yonbag‘irlariga, siyrak chakalaklarga in quradi. Ba’zida qora laylak uyalari o‘rmonlarda - dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan bo‘ladi. Uyalar massiv bo‘lib, daraxtlarning qalin shoxlari va shoxlaridan yasalgan, chim, tuproq va loy bilan biriktirilgan. Oq laylaklarda bo‘lgani kabi, qora laylaklarda ham bir xil in qushlarning bir necha avlodi uchun ko‘p yillar xizmat qilishi mumkin. Uyalaydigan joylarda laylaklar mart oyining oxiri - aprel oyining boshlarida keladi. Erkaklari oppoq dumini erkin qo‘yib, mayin hushtak chalib, urg‘ochisini uyaga taklif qiladi. Ikkala ota-ona ham juftlashgan so‘ng 4 dan 7 gacha tuxum qo‘yishadi. Tuxum bosib yotish taxminan 30 kun davom etadi. Tuxumni yorib chiqish birinchi qo‘yilgan tuxumdan boshlanganligi sababli, polaponlar turli vaqtlarda tuxumlardan birin-ketin chiqishadi. Tuxumdan chiqqan polaponlar - oq yoki kulrang tusli, tumshug‘i to‘q sariq yoki yashil-sariq bo‘ladi. Qora laylak polaponlari uyalarida faqat 10 kun yotadi, keyin ular o‘tirishni boshlaydilar. 35-40 kunlik yoshida ular oyoqqa turishadi. Polaponlar uyada jami 55-65 kun qoladi. Ota-onalar jo‘jalarini kuniga 4-5 marta yutmagan ozuqalarini tumshuqlarida beradilar.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimo kam bo‘lgan. Taxminan 70 jufti uyalaydi, yuzdan ortig‘i uchib o‘tadi. Qurama tog‘ining shimoliy yonbag‘irlarida 4–5 juft, Chotqol tog‘ining Qoraboshsoy, Shovozsoy, Aqchasoy, Qoraboysoyida kamida 10 juft. Sheroboddaryoda – 1 juft. Surxon davlat qo‘riqxonasida 10–12 juft atrofida uyalaydi. Uyadan ko‘chish va uchib o‘tishdan so‘ng Ohangaron daryosi o‘zanida 30 tagacha (Gʻarbiy Tyan-Shan), ayrim yillarda – 100 dan (2008–2009 yillar) ortiq uchraydi. Amudaryo qayirida (Surxondaryo viloyati) turli yillarda 50–80 donagacha ushbu turga mansub qushlarni uchratish mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda Gʻarbiy Tyan-Shanda sonining sezilarsiz darajada oshgani kuzatilmoqda. Dunyodagi populyasiyasi 24–44 mingta deya e’tirof etiladi, trendi noma’lum.

Muhovaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. SITESning II va Bonn konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Рамсарские угодья Беларуси
  2. „Алексей Эбель: история черного аиста“. Сибирский округ (11-sentabr 2019-yil). 29-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-sentabr 2019-yil.