Qora dengiz boʻyi pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora dengiz boʻyi pasttekisligi — Sharqiy Yevropa tekisligining eng janubidagi bir oz qiya tekislik. Qora va Azov dengizlariga yondosh. Gʻarbda Dunay deltasi va sharqda Kalmius daryosi oraligʻida. Eng baland joyi 150 m. Paleogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziqlari (ohaqtosh, qum, gil)dan tarkib topgan, ustini lyoss va lyossimon qumoqlar qoplagan. Qora dengiz boʻyi pasttekisligip.ni Dnepr, Janubiy Bug, Dnestr va boshqa daryolarning keng vodiylari kesib oʻtgan. Suvayirgʻichlari yassi. Chuqur liman va qum tillari koʻp. Qora va toʻq kashtan tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi.