Qora beva (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qora beva
Black Widow

Film posteri
Rejissyor(lar) Cate Shortland
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar) Eric Pearson
Hikoya
Qaysi asarga
asoslangan
Marvel Comics
Rollarda
Bastakor(lar) Lorne Balfe
Kinematografiya Gabriel Beristain
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 29-iyun, 2021-yil(2021-06-29) (jahon premyerasi)
  • 9-iyul, 2021-yil(2021-07-09) (AQSh)
Davomiyligi 134 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million[2]
Daromadi $379.6 million[3][4]

Qora beva (inglizcha: Black Widow) 2021-yilda ekranlarga chiqqan Marvel Comics nashriyotining shu nomli qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmidir. Film Marvel Studios mahsuloti boʻlib, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Kartina Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 24-toʻliq hajmli filmidir. Film rejissori Cate Shortland, ssenariynavisi Eric Pearson boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Scarlett Johansson (Natasha Romanoff / Qora beva sifatida), Florence Pugh, David Harbour, O-T Fagbenle, Olga Kurylenko, William Hurt, Ray Winstone va Rachel Weisz kabilar jonlantirishgan. Kartina Natasha Romanoffning Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016) dan keyingi voqealari haqida hikoya qiladi.

Qora beva filmi premyerasi 2021-yil 29-iyunda jahonning turli joylarida boʻlib oʻtdi. Film MKKning toʻrtinchi fazasidagi ilk film hisoblanib, COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi uch marotaba kechiktirildi (aslida, 2020-yil may oyida kinoprokatlarga berilishi kutilayotgan edi). Kartina umumjahon boʻylab $379.6 million jamgʻarishga muvaffaq boʻlgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

1995-yilda rus maxfiy agentlari sanalmish super-askar Aleksey Shostakov va qora beva Melina Vostokoff oʻzlarining surrogat qizlari — Natasha Romanoff va Yelena Belovalar bilan Ogayo shtatida oʻzlarini normal oila sifatida tutishib yashab kelishmoqda edi. Ularning Q.A.L.Q.O.N intelni oʻgʻirlash boʻyicha missiyasi nihoyasiga yetgach, oila Kubaga qochib ketadi hamda xoʻjayini boʻlgan general Dreykov bilan uchrashishadi, u esa Romanoff va Belovani Qizil xonaga shugʻullanishga yuboradi. Yillar oʻtib, Shostakov Rossiyada qamoqqa tashlandi. Romanoff esa Dreykovning Budapeshtdagi offisini Dreykov va uning qizi Antoniya bilan birga portlatganidan soʻng, Q.A.L.Q.O.N tashkilotiga qochib ketadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feige, Shortland va Qora beva filmida bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar jamoasi (2019-yilgi San Diego Comic-Con).

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmdagi barcha musiqalar Lorne Balfe tomonidan bastalangan.[5]

NomiDavomiyligi
1.„Natasha's Lullaby“3:24
2.„Latrodectus“2:40
3.„Fireflies“3:13
4.„The Pursuit“2:53
5.„The First Bite Is the Deepest“3:05
6.„Last Glimmer“4:19
7.„Dreykov“3:34
8.„You Don't Know Me“2:01
9.„Yelena Belova“3:36
10.„From the Shadows“3:44
11.„Hand in Hand“2:46
12.„Blood Ties“2:54
13.„Whirlwind“3:28
14.„Arise“2:13
15.„Natasha's Fragments“1:55
16.„A Sister Says Goodbye“4:14
17.„I Can't Save Us“1:51
18.„Red Rising“3:57
19.„The Betrayed“5:38
20.„The Descent“2:05
21.„Faces to the Sun“1:51
22.„Natasha Soars“2:19
23.„Last Love“1:59
24.„Into the Past“4:55
25.„Broken Free“3:09
26.„A Calling“2:10
Jami davomiyligi:79:53

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Black Widow (12A)“. en:British Board of Film Classification. 29-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun, 2021.
  2. Rubin, Rebecca „Box Office: ʻBlack Widow’ Poised to Race Past ʻF9’s’ Pandemic Record Debut“. Variety (7-iyul 2021-yil). 7-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  3. Black Widow. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 13-iyul 2021-yil.
  4. Black Widow. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 13-iyul 2021-yil.
  5. „'Black Widow' Soundtrack Album Details“. Film Music Reporter (5-iyul, 2021). 7-iyul, 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul, 2021.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]