Kontent qismiga oʻtish

Qora Issiq Xoqon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qora Issiq Xoqon ( Qora Xoqon, xitoycha:乙息记) — Bumin Xoqonning oʻgʻli va ikkinchi Koʻkurk xoqoni[1].

Umumiy maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

552-yilda Bumin vafot etdi. Uning katta (boshqa maʼlumotlarga koʻra oʻrta) oʻgʻli Qora Issiqxon nomi bilan xoqon boʻldi. U bir yildan kamroq vaqt hukmronlik qildi, ammo Rouranlar bilan urushda zafar qozondi. U Layshan togʻining shimolida joylashgan Voye hududida boʻlib oʻtgan jangda Yujiuli Deng Shuzi (oxirgi Rouran xoqoni) ustidan gʻalaba qozondi. U jangda 50 000 dan ortiq otni oʻlja qilib oldi. Qora Issiqxon Rouranlar ustidan qozongan gʻalabasidan tashqari, Oʻrxunning yuqori oqimidagi Bukrat (Mula) togʻlarida avarlarni magʻlub etdi. 553-yilda u sirli sharoitda vafot etgan. Uning oʻgʻli va vorisi Shetu taxt uchun urushlarda maxrum boʻldi. Taxtga esa Muqanxon unvoni bilan Qora Issiqxonning ukasi Kushu oʻtirdi[2].

  1. Бичурин. Собрание сведений…
  2. Кара-каган // Казахстан. Национальная энциклопедия. — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2005. — Т. III. — ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0)