Qon yaratilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qon yaratilishi, gemopoez - qon hujayralarining hosil boʻlishi, rivojlanishi va yetilishi. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda qon yaratuvchi aʼzolarni, umurtqasiz hayvonlarda, asosan, boʻshliqtardagi suyuqliklar va qonning oʻzida yoki gemolimfada hosil boʻladi. Qon yaratilishi uzluksiz jarayon boʻlib, koʻpchilik qon hujayralarining qisqa hayotiy sikli tufayli roʻy beradi.

Odam embrionida sariqlik xaltachasidagi mezenxima hujayralarida qon yaratuvchi hujayra hosil boʻladi; homila 3 oyligidan to tugʻilguniga qadar qon jigarda va taloqda, 4 oyligidan boshlab esa bir vaqtda koʻmikda ham hosil boʻla boshlaydi, 4-oydan boshlab limfa tugunlarish limfotsitlar shakllanadi.

Uch oylik homilada qizil qon tanachalarn — megaloblastlar (yadroli yirik hujayralar) yetilib, yirik eritrotsitlar (megalotsitlar)ga, soʻng eritroblastlarga aylanadi, ular asta-sekin normoblastlar bilan almashinadi. Yangi tugʻilgan bola va katta yoshdagi sogʻlom organizmda boʻladigan eritrotsitlar ana shu normoblastlardan vujudga keladi.

Barcha yetilgan qon hujayralari birbiridan farqlansa ham yagona boshlangʻich (ustun) qon yaratuvchi hujayralardan vujudga keladi.

Koʻmikdagi boshlangʻich qon hujayralarining yetilib qonning yetuk shaklli elementlarga aylanishi qon hosil qiluvchi aʼzolarda sodir boʻladi. Qon oʻzaniga (tomirdagi qon oqimiga) qonning barcha funksiyasini bajara oladigan yetuk hujayralar tushadi.

Sogʻlom organizmdagi qon tarkibi va qon yaratish aʼzolari oʻzaro dinamik muvozanatda boʻladigan yaxlit bitta sistemani tashkil qiladi; yemirilgan qon hujayralari qon hosil qilish aʼzolarida uzluksiz yangilanib turadi. Qon yaratilishidagi bunday muvozanat markaziy va vegetativ nerv sistemasi, gormonlar, vitaminlar, shuningdek, maxsus moddalar — gemopoetinlar tomonidan boshqariladi.

Qon yoʻqotganda, qonda kislorod yetishmaganda, yalligʻlanish jarayonlarida, infeksion kasalliklarda qonda eritrotsitlar yoki leykotsitlar hosil boʻlishi kuchayadi, bu organizmning himoya reaksiyasidir; bunday holat qonning reaktiv oʻzgarishi deb ataladi. Qon hosil boʻlishining tezlashuvi organizmning himoya reaksiyasi boʻlganligi sababli kishi sogʻayganda qon yaratilishi ham normallashadi. Ayrim kasalliklarda (organizmda temir moddasi, vitamin V|2etishmaganda, taloq kasallanganda, meʼda olib tashlanganda, zaharli moddalardan zaharlanganda) qon hosil boʻlishi susayadi, kamqonlik roʻy beradi. Bundan tashqari, koʻmikda turli patologik jarayonlar paydo boʻlishi mumkin, bunda, asosan, qonda yosh (yetilmagan) shaklli elementlar koʻpayadi.