Qoldiq konlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoldiq konlar — Yer poʻstining ustki qismida shakllangan foydali qazilma yotqiziklari; togʻ jinslarining nurash mahsulidan tashkil topadi. Qoldiq konlar erigan birikmalarni va erishi qiyin boʻlgan minerallar (temir, marganets, nikel va kaolinning baʼzi konlari) qoldiqlari toʻplamlarining suvda oqib chiqishidan hosil boʻladi. Muhim ahamiyatga ega boʻlgan Qoldiq konlarga boksit, kaolin, marganets oksidlari, talk, magnezit uyumlari, titan, qalay, volfram, tantal, niobiy, oltin minerallari konlari kiradi.