Qohiradagi Germaniya universiteti
الجامعة الألمانية بالقاهرة | |
| Turi | Xususiy universitet |
|---|---|
| Asos solingan sanasi | 2002 |
| Prezidenti | Yasser Hegazy |
| Joylashuvi | , |
| Kampusi | Yangi Qohira, Misr va Berlin, Germaniya |
| Veb-sayti | guc.edu.eg |
Qohiradagi Germaniya universiteti (arabcha: الجامعة الألمانية بالقاهرة, GUC, El Gam’a El Almāniya Bel Qāhira) – Misrning Yangi Qohira shahrida joylashgan xususiy notijorat universitet. GUC 2002-yilda prezidentning 27/2002-sonli farmoni hamda Misrning 101/1992-sonli qonuniga asosan tashkil etilgan. Shtutgart universiteti, Ulm universiteti, Tyubingen universiteti, Mannheim universiteti, Leypsig tasviriy sanʼat akademiyasi, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), Germaniyaning Baden-Vyurtemberg shtati va Germaniya Federal taʼlim va ilmiy tadqiqot vazirligi universitetning asosiy ilmiy hamkorlari hisoblanadi[1].
Unversitet Boloniya jarayoniga muvofiq bakalavr, magistr va doktorlik darajalarini taqdim etadigan 70 dan ortiq oʻquv dasturlarini taklif etadi. Taʼlim tili – ingliz tili. Oʻquv dasturlari Germaniya standartlariga asoslanib ishlab chiqilgan boʻlib, Misr va Germaniyada (ACQUIN tomonidan) akkreditatsiyadan oʻtkazilgan. Germaniya nuqtayi nazaridan eng yirik transmilliy taʼlim muassasasiga aylangan universitetda 10 mingdan ziyod talaba tahsil oladi[2].
Universitet Qohiraning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 577 000 kvadrat metr maydonni egallagan kampusda turli sport inshootlari, sanoat parki, quyosh energiyasi parki, shuningdek, taʼlim, ilmiy tadqiqot va amaliyotni uygʻunlashtirish uchun eng zamonaviy laboratoriyalar mavjud[1]. Bundan tashqari, u talabalar, tadqiqotchilar va oʻqituvchilarning Germaniyaga borib-kelishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ulm shahrida mehmonxona, Berlin shahrida kampus hamda Germaniyaning turli joylarida bir nechta talabalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarini boshqaradi[3][4].
Boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qohiradagi Germaniya universiteti Axborot muhandisligi va texnologiyasi, Media muhandisligi va texnologiyasi, Muhandislik va materialshunoslik, Menejment texnologiyasi, Farmatsevtika va biotexnologiya, Amaliy fanlar va sanʼat, Huquq va yuridik tadqiqotlar, shuningdek Magistratura va ilmiy tadqiqot fakultetlarini oʻz ichiga oladi[5]. Universitet oʻz nizomiga koʻra mustaqil va oʻzini oʻzi boshqaradi: Vasiylik kengashi asosiy nazoratni amalga oshiradi, Universitet kengashi esa mustaqil ravishda universitet rektori va prorektorlariga akademik masalalar boʻyicha maslahat beradi. Har ikkala qoʻmitada ham Germaniya va Misr vakillari faoliyat yuritadi. Vasiylik kengashi aʼzolari quyidagilardan iborat:[6]
- Ashraf Mansour – rais; GUC asoschisi[7]
- Dieter Fritsch – akademik masalalar boʻyicha Vasiylar kengashi rais oʻrinbosari; University of Stuttgart sobiq rektori
- Peter Frankenberg – Baden-Württemberg hududining sobiq Fan, tadqiqot va sanʼat vaziri
- Cyril Nunn – Germaniyaning Misrdagi sobiq elchisi
- Annette Schavan – Germaniyaning sobiq Taʼlim va tadqiqot boʻyicha federal vaziri
- Wolfram Ressel – University of Stuttgart rektori
- Michael Weber – University of Ulm rektori
- Karl Joachim Ebeling – University of Ulm sobiq rektori
- Dorothea Rüland – DAAD (German Academic Exchange Service) bosh kotibi
- Ibrahim El-Dimeery – Misrning sobiq transport vaziri; Magistratura boʻlimi dekani
- Gamal Nada – sudya; Misr Davlat Kengashining sobiq raisi
- Ulrich Zürn – Dr. Horn Economic Consultancy hamkori; litsenziyaga ega auditor (Ulm)
Jamoatchilik qarashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya hukumati chet ellarda nemis taʼlim dasturlarini rivojlantirish va Germaniya modeliga asoslangan universitetlar tashkil etishni qoʻllab-quvvatlaydi. Federal Tashqi ishlar vazirligi hozirda ragʻbatlantirilayotgan oʻnta taʼlim muassasasi orasida Qohiradagi Germaniya universitetini birinchi oʻringa qoʻygan[8].
Germaniya Federal taʼlim va tadqiqot vazirligi Qohiradagi Germaniya universitetini, avvalo, Germaniya-Misr taʼlim hamkorligining davomiyligi nuqtai nazaridan koʻradi. „Chet eldagi birinchi nemis xususiy universiteti (Misr qonunchiligi asosida xususiy muassasa sifatida tashkil etilgan) yuz yildan ortiq vaqt oldin Qohira va Iskandariyada nemis cherkov maktablari tashkil etilganidan boshlab davom etib kelayotgan Germaniya-Misr taʼlim hamkorligining uzoq yillik anʼanasida katta siyosiy ahamiyatga ega“[9].
Germaniya Akademik almashinuv xizmati ushbu universitetni „ajoyib transmilliy taʼlim loyihalaridan biri“ deb eʼtirof etadi va taxminan 250 dan 300 gacha bitiruvchilar ayni paytda Germaniyada magistratura yoki doktoranturada tahsil olayotganini qayd etadi[10][11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „German University in Cairo - About GUC“. www.guc.edu.eg. 2017-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ "Transnational, Bi-national, International? The German approach." https://www.daad.de/medien/hochschulen/projekte/studi[sayt ishlamaydi]enangebote/eaie-summer_forum_2014_tne_the_german_approach_sg__sk.pdf
- ↑ „GUC Berlin“. www.guc-berlin.de. 2019-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „GUC Ulm“. www.guc.uni-ulm.de. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „German University in Cairo - Faculties“. www.guc.edu.eg. 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „German University in Cairo - Faculties“. www.guc.edu.eg. 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „Prof. Dr. Ashraf Mansour“. www.daad.de. 2019-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
- ↑ „German Universities Abroad“. Federal Foreign Office. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „Egypt - BMBF“ (en). Federal Ministry of Education and Research - BMBF. 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „90 Years DAAD: Festive evening in Berlin“. www.daad.de. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ "Transnational Education in Germany." DAAD Position Paper. https://www.daad.de/medien/der-daad/analysen-studien/tne-position_paper.pdf