Qogʻozgul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qogʻozgul — astradoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik va yarim butalar turkumi; manzarali ekma gul. Shimoliy va Markaziy Amerikada 15 dan ortiq, Jan.

Amerikada 1 turi oʻsadi. Madaniy holda nafis qogʻozgul turi oʻstiriladi. Boʻyi 30—90 sm, poyasi tepadan shoxlangan, barglari choʻziq-tuxumsimon, keng nashtarsimon, poyani oʻrab turadi. Toʻpguli birmuncha dagʻal, diametri har xil. Gullarining rangi oq, qizil, sariq, pushti, novvotrang va h.k. May oyidan to sovuq tushguncha gullaydi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Urugʻi bahorda havo isiy boshlagach ochiq yerlarga ekiladi. Gulzorlarda, hovli, bogʻlarda, parklarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Oʻzbekistonda eng koʻp tarqalgan.