Muhsin Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qodirov Muhsin Xalilovichdan yoʻnaltirildi)

Muhsin Xalilovich Qodirov (1932.10.3, Shahrisabz) — teatrshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Sanʼatshunoslik doktori (1976), professor (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955). Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasida katta mutaxassis (1955—57). Toshkentdagi Sanʼatshunoslik institutida ilmiy xodim (1957—58), katta ilmiy xolim (1961—64, 1966—76), ilmiy ktib (1964—66), 1976-yildan boʻlim mudiri. 1962-yildan Sanʼat institutida dars beradi (1996—98 yillar institut rektori). Ilmiy faoliyati oʻzbek xalqi tomosha sanʼatlari (anʼanaviy teatr, raqs, sirk, maydon tomoshalari va bayramlar)ni oʻrganishga bagʻishlangan. Q.ning "Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi" (1963), "Masxara-boz va qiziqchilar sanʼati" (1971), "Xalq qoʻgʻirchoq teatri" (1972), "Oʻzbek teatri anʼanalari" (1976), "Oʻzbek xalq tomosha sanʼati" (1981), "Navoiy va sahna sanʼati" (2000) kabi kitoblari alohida qimmatga ega. Q. "Tanbur nolasi" (Fargʻona teatrida qoʻyilgan), "Sehrli uzuk" (Rus yosh tomoshabinlar teatrida, Kattaqoʻrgʻon, Qashqadaryo, Surxondaryo teatrlarida qoʻyilgan), "Kenja qiz", "Sirli nay" (Respublika qoʻgʻirchoq teatrida), "Baxt qushi" (Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan), "Susanbil" (Xorazm qoʻgʻirchoq teatrida qoʻyilgan), "Samar va qand qissasi" (Samarqand viloyat qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan) kabi pyesalar yozgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yusufjon qiziq, T., 1991; Temur va temuriylar davrida tomosha sanʼatlari, T., 1996; Oʻzbek teatri tarixi, T., 2005.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ilmga baxshida umr, T., 2002; Kumusheva N., Muhsin Qodirovning ilmiy tad-qiqrtchilik faoliyati, T., 2002.