Qodir
Qiyofa
| Qodir | |
|---|---|
| (arabcha: قادر) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | kuchli, qudratli, qudrati yetadigan; layoqatli; Allohning sifatlaridan biri |
| Ota ismi |
Qodir oʻgʻli, Qodirovich Qodir qizi, Qodirovna |
| Yasama shakllari | Qodirjon, Qodirali, Qodirqul |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: قادر |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Qodir (arabcha: قادر — kuchli, qudratli, qudrati yetadigan; layoqatli; Allohning sifatlaridan biri) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qodir-xon (Qoraxoniy) — Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori;
- Qodir Bux Bedil — tasavvuf shoiri va olim;
- Qodir Fozilxoʻjayev — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980-yil). Tarix fanlari doktori (1969-yil), professor (1974-yil);
- Qodir Gʻulomov — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1980);
- Qodir Mirmuhamedov — oʻzbekistonlik tarjimon va kinossenariychi;
- Qodir Norxoʻjayev — oʻzbek geodezist olimlaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1974), texnika fanlari nomzodi (1940);
- Qodir Qulmanov — sovet temir yoʻl xodimi, oʻqituvchi, Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan transport xodimi;
- Qodir Tojiyev — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990);
- Qodir Toshbekov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998);
- Qodir Tyuryakulov — sovet davlat arbobi, sanoatchi, iqtisodchi;
- Qodir Yusupov — oʻzbekistonlik isteʼfodagi diplomat;
- Qodir Zokirov — botanik, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), biologiya fanlari doktori (1951), professor (1951);
- Qodirali Egamberdiev — O‘zbekiston SSR Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Kalinin nomidagi kolxoz rahbari;
- Qodirjon Botirov — qirgʻizistonlik oʻzbek tadbirkor va siyosatchi;
- Qodirjon Haydarov — yogʻoch oʻymakori, Qoʻqon yogʻoch oʻymakorlik maktabining yirik vakili, ustazoda. Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1963);
- Qodirqul Abdirazoqov — sovet xoʻjalik, davlat va siyosiy arbobi.
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„Q“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 4-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-7-5.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |