Kontent qismiga oʻtish

Galenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo‘rg‘oshin Yaltirog‘idan yoʻnaltirildi)
Galenit
Asosiy
Formulasi PbS
Aralashma modda Ag, Cd, Se
Fizik xususiyatlari
Rangi kulrang-qoʻrgʻoshin
Qirra rangi kulrang-qora
Yaltiroqlik metalsifat
Shaffoflik shaffofmas
Qattiqlik 2,5-3
Yopishqoqlik mukammal {111}
Sinishi pogʻonali
Zichligi 7,4-7,6 g/sm³
singoniyasi Kubsimon
Galenit

Galenit (lotincha: Galena – qoʻrgʻoshin rudasi), qoʻrgʻoshin yaltirogʻi – sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi PbS. Galenit 86,6% qoʻrgʻoshin va 13,4% oltingugurtdan iborat. Tarkibida koʻpincha Se, Ag, Bi, Sb, Sn, Zn, Fe, Cd va boshqa qoʻshimchalari boʻladi. Kub singoniyali. Kristallari murakkab kub shaklida. Druza va skelet, oqma kollomorf massa, kamroq kub va oktaedr kristallari koʻrinishida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi 2-3. Sof ogʻirligi 7,4-7,6. Galenit oʻrta va past temperaturali gidrotermal konlarda sfalerit, xalkopirit, arsenopirit, pirit, pirrotin va boshqa bilan birga uchraydi. Nuraganda galenitning yuzasi oksidlanib serussit yoki anglezit mineraliga aylanadi. RFda (Oltoy, Shimoliy Kavkaz, Sharqiy Sibir, Primorye), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Avstraliyada hamda, Afrika qitʼasida yirik konlari bor. Oʻzbekistonda Nurota, ChatqolQurama togʻlari va boshqa joylarda konlari maʼlum. Asosan qoʻrgʻoshindan olinadigan ruda. Tibbiyotda va boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil