Qoʻngʻir temirtosh
Qoʻngʻir temirtosh - temir ru dasi, temir gidrooksidi (gyotit, gidrogyotit, lepidokrokit va boshqalar) ning kremniy va alyuminiy oksidlari va gidrooksidlari bilan birikmasi. Qoʻngʻir temirtosh — minerallarning yupqa dispers aralashmasi, rangi toʻq jigarrangdan och sariqqacha. Gʻovak, tuproqsimon massa, oolit, dukkakli, konkretsiya va stalaktitlar koʻrinishida boʻladi. Baʼ-zan tarkibida pirit, markazit va boshqa sulfidlar, temir tarkibli karbonatlar va oksidlar hamda qazilma organizmlar qoldiqlari uchraydi. Qoʻngʻir temirtosh — temir rudalarining eng koʻp tarqalgan turi, tarkibida 30% dan ortiq temir boʻlib va zararli aralashmalar — oltingugurt, fosfor va margi-mush kam boʻlsa sanoat ahamiyatiga ega boʻladi. Qoʻngʻir temirtoshning hosil boʻlishi Yer poʻstining yuqori zonasidagi oksidlanish jarayoni bilan bogʻliq. Ulardan metallurgiya sanoatida keng foydala-niladi. Qoʻngʻir temirtoshning eng yirik konlari: choʻkindi (dengiz, daryo, koʻl, botqoqlik) va oʻta asosli togʻ jinslarining nurash poʻstida vujudga keladi. Oolitli Qoʻngʻir temirtoshlarning dunyo boʻyicha eng yirik choʻkindi konlari: Rossiya Federatsiyasi (Gʻarbiy Sibir havzasi), Fransiya (Lo-taringiya)da bor. Xrom-nikelli choʻyan va poʻlatlarni quyish uchun xom ashyo hisoblanadigan oʻta asosli togʻ jinslarining (nikel, xrom va kobalt aralashmasi bilan) tabiiy legirlangan Qoʻngʻir temirtosh konlari AQSH, Rossiya Federatsiyasi (Ural), Kuba (Mayari) va Yangi Kaledoniyada mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |