Qoʻyxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻyxona — qoʻylar asraladigan va boqiladigan xona yoki bino. Umumiy va maxsus Q.lar boʻladi. Umumiy Q. turli jins va yoshdagi, maxsus Q. esa bir jins va yoshdagi qoʻylarni boqish uchun moʻljallanadi. Umumiy Q. 300— 500 boshdan ortiq qoʻylarga moʻljal-lab quriladi va sovliqlar, qoʻzilar, qoʻchqorlar uchun alohida boʻlimlari boʻladi. Maxsus Q. 800—1000 bosh yoki 1000—1200 bosh qoʻzi yoki axtaga moʻljallanadi. Q. toʻgʻri burchakli, "G" va "P" shaklida quriladi. "P" shaklidagisi keng tarqalgan. Q. bir necha boʻlimga boʻlinadi. Q.ning qishki qoʻzilashga moʻljallangan, yangi tugʻilgan qoʻzilari bilan sovliqlarni boqishga ajratilgan boʻlimlari isitiladi (issiqxona) va bu issiqxonalarda nasldor qoʻylar uchun alohida qoʻzilatish boʻlimlari va profilaktoriylartashkil qilinadi. Katta Q.larda ventilyatsiya qurilmasi oʻrnatiladi. Qoʻylarni sugʻorish, ozuqalarni tarqatish va goʻng yigʻishtirish mexani-zatsiyalashtiriladi. Baʼzi iqlimi yumshoqjan. mintaqalarda Q.larning 3 tomoni oʻraladi, tomi bostirma qilib yopiladi.