Qoʻshtor neft-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻshtor Neft-Kondensat Konidan yoʻnaltirildi)

Qoʻshtor neft-kondensat koni — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi kon. Jarqoʻrgʻon shahridan 100 km sharqda. 1966-yil ochilgan. 1967-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi bir-biriga ulanib ketgan tepaliklar tizimi va jarliklardan iborat. Qn.-k.k. shim.-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan tor antiklinal strukturada joylashgan. Jami 27 ta quduq qazilgan, boʻr, paleogen va neo-gen davrlari jinslari ochilgan. sanoat miqyosidagi neft 2-, 3-, 4-gorizontlarda mujassamlashgan. 2gorizont paleogen davri buxoro qatlarining yuqori qismidagi darzli ohaktoshlardan (1272–1258 m), 3-, 4gorizontlar oʻrta qismidagi ohaktoshlardan tarkib topgan. 2gorizontdagi neft uyumining oʻlchami 6,2x0,5 km, neftlilik maydoni 290 ga. Neft tarkibida oltin-gugurt — 5,58%, asfaltin — 0,97%, aksiz smolasi — 80%, parafin — 5,95%. Qn.-k. k.zaxirasiga koʻra kichik konlar toifasiga kiradi. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.