Qoʻshimcha nerv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻshimcha Nervdan yoʻnaltirildi)

Qoʻshimcha nerv (nervus accessorius) — bosh miya nervlarining XI jufti. Bu nervning nomi uni dastlab tavsiflagan (1664) ingliz vrachi T. Villiziy nomi bilan villiziy ner-v i deb ham yuritiladi. Qo‘shimcha nervda ikkita harakatlantiruvchi o‘zak bo‘ladi. Bu o‘zaklar uzunchoq miya va orqa miyaning bo‘yin segmentlarida joylashadi. Asosan, bu nerv X juft nerv tarkibidan ajralib, adashgan nerv bilan birga bo‘yinturuq teshigi - foramen jugularae orqali kalla bo‘shlig‘idan ikkita ildiz sifatida chiqadi:

Qo'shimcha nerv-n.accessorius

a) radix cranialis (pars vagalis) - kalla qismidagi ildizi;

b) radix spinalis (pars spinalis) - orqa miya ildizi.

Qo‘shimcha nerv poyasi - tractus nervi accessorii ichki shox - r. internus va tashqi shox -r. externus larga ajraladi.

Qo‘shimcha nerv r.r. muscularis shoxlari orqada joylashgan m. trapezius hamda bo‘yindagi

to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon (m.sternocleidomastoideus) mushaklarini innervatsiya etadi. Qo‘shimcha nerv tolalari adashgan nerv (n. vagus) tolalariga qo‘shilib, halqum hamda hiqildoq mushaklarini innervatsiya etishda qatnashadi (ramus internus).