Qoʻrqut ota kitobi
|
Dresden qo‘lyozmasining titul varag‘i | |
| Asl nomi |
ozarbayjoncha: Kitabi Dədə Qorqud boshqirdcha: Ҡорҡот ата китабы qozoqcha: Қорқыт ата кітабі qirgʻizcha: Коркут ата китеби turkmancha: Gorkut-ata kitaby turkcha: Dede Korkut Kitabı |
|---|---|
| Muallif(lar) | Folklor |
| Til | Oʻgʻuz tillari |
| Janr(lar)i | Epos |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1988-yil[1] |
Qoʻrqut ota kitobi (ozarbayjoncha: Kitabi Dədə Qorqud, boshqirdcha: Ҡорҡот ата китабы, qozoqcha: Қорқыт ата кітабі, qirgʻizcha: Коркут ата китеби, turkmancha: Gorkut-ata kitaby, turkcha: Dede Korkut Kitabı) – oʻrta asrlar oʻgʻuz eposining yuksak namunalaridan biri.
Uning tarkibiga kirgan hikoya va dostonlarning ayrimlari VII—VIII asrlarda ogʻzaki ravishda yaratila boshlangan. Asosiy dostonlari IX—X asrlarda oʻgʻuzlar Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yashagan davrlarda yuzaga kelgan. Ular bu ulkan yodgorlikning tarkibida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Qoʻrqit ota haqidagi afsona va rivoyatlarning ogʻzaki ravishda Turkiston xalqlari orasida keyingi davrlargacha sa1lanib qolishiga sabab boʻlgan.
Oʻgʻuz qabilalarining saljuqiylar rahnamoligida Gʻarbga siljishi natijasida ilgari yaratilgan dostonlar va rivoyatlarga yangilari qoʻshilib, Kavkaz va Kichik Osiyoda Koʻrqut va Qozonbek (Solor K°zon) haqida butun bir dostonlar turkumi vujudga keldi. Ogʻzaki ravishda yaratilgan va kuylanib kelingan bu asarlar bizga nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzonlar (baxshilar)dan yozib olinib, XV asr oʻrtalarida „Qoʻrqut ota kitobi“ga tartib berilgan. Ogʻzaki kuylanib kelingan dostonlar „Qoʻrqut ota kitobi“ tarkibiga kiritilganda, ularga muayyan bir adabiy ishlov berilgan.
Qoʻrqut ota kitobi kirish qism va 12 ta boʻy (doston)dan iborat. Kirish qismida Qoʻrqit ota haqida maʼlumotlar berish bilan birga uning nomidan bir qancha otalar soʻzi (xalq maqollari) keltirilgan. Kitobga kiritilgan dostonlar quyidagilardir:
- Dirsaxon oʻgʻli Boʻgʻochxon;
- Solor Qozon uyining talon-toroj boʻlganligi;
- Boyburabekning oʻgʻli Bamsi Bayrak;
- Qozonbek oʻgʻli Oʻrozbekning tutqun boʻlgani;
- Duxoxoʻja oʻgʻli Dali Domrul;
- Kanglixoʻja oʻgʻli Xontoʻrali;
- Qozilikxoʻja oʻgʻli Yaganak;
- Basatning Tepakoʻzni oʻldirganligi;
- Bagil oʻgʻli Emron;
- Ushunxoʻja oʻgli Sakrak;
- Solor Qozonning tutqun boʻlgani va oʻgʻli Oʻroz qutqargani;
- Ichoʻgʻoʻzning Tashoʻgʻoʻzga itoat etmagani va Bayrakning oʻlimi.
„Qoʻrqut ota kitobi“ning ikki qoʻlyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ular Drezden va Vatikan kutubxonalarida saqlanadi. Bu qoʻlyozmalarni olimlar XIX asrdan boshlab oʻrganib keladilar. Uni rus tiliga dastlab V.V. Bartold tarjima qildi va 1894–1904-yillarda 1—3 va 5-dostonlarini asl nusxa bilan birgalikda nashr etdi (1962 yilda toʻla ravishda nashr etildi). Turkiyada dastlab Kilisli Muallif Rifat 1916-yilda toʻla ravishda nashr etdi. Undan keyin Oʻrxon Shoyiq Koʻkyoy, Muharram Ergin nashrlari yuzaga keldi. Ozarbayjonda ham 1939-yildan beri muntazam ravishda nashr etilib, oʻrganilib kelinadi. Oʻzbekistonda esa 1939-yilda Hodi Zarif kitob tarkibidagi uchinchi doston „Bamsi Bayrak“ni „Oʻzbek folklori“ majmuasida nashr etgan, xolos.
„Qoʻrqut ota kitobi“ dunyo miqyosida keng oʻrganilib kelinayotgan, oʻgʻuz va boshqa turkiy xalqlar tarixi, folklori, etnografiyasini oʻrganishda katta ahamiyatga ega asarlardan biridir[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 249.
- ↑
„Qoʻrqut ota kitobi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Книга мосго деда Коркута, Moskva, 1962.
- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Qoʻrqut ota kitobiga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Kitob haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |