Qoʻporuvchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻporuvchilik - portlatish, oʻt qoʻyish yoki boshqa usul bilan korxonalar, inshootlar, yoʻllar, aloqa vositalarini yoxud boshqa davlat, jamoat mulkini buzish yoki shikastlantirish, yoppasiga zaharlash yoki epidemiyalar va epizootiyalar tarqatish (hayvonlarga kasallik yuqtirish) va h.k. Oʻzbekiston jinoyat huquqida — Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlardan biri. Q. sodir etilishi natijasida mamlakat xalq xoʻjaligining muhim obʼyektlari yoʻq qilinishi mumkin. Bu esa iqtisodiyotga katta ziyon yetkazadi. Q. natijasida odamlar halok boʻladi, ularning sogʻligʻiga zarar yetkaziladi, aholining ruhiy holatiga salbiy taʼsir etiladi, sarosimaga tushish va boshqa salbiy hodisalar yuz berishi mumkin. Q.ning hayvonlarni qirib, nobud qilishga yoʻnaltirilgan turi ham bor, qoʻporuvchilar bu bilan xalq xoʻjaligini barbod etish maqsadini koʻzlaydilar. Kishilarni zaharlash, yuqumli kasalliklar tarqatish shaklidagi Q. harakatlari ham ogʻir jinoyatlardan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyo-tiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sogʻligʻiga ziyon, mulkka shikast yetka-zish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (161-modda).