Qoʻchqor Qarshiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻchqor Qarshiyev
Tavalludi 1923-yil
Ishtixon tumani, Samarqand, OʻzSSR
Vafoti 1945-yil 5-fevral
Budapesht, Vengriya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni Katta serjant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Qoʻchqor Qarshiyev (1923-yil, Ishtixon tumani, Samarqand viloyati1945-yil 5-fevral, Budapesht) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1942-yil mart oyidan armiyada, iyul oyidan frontda. 407alohida tankka qarshi qiruvchi divizionining (2Ukraina fronti 27armiyaning 78oʻqchi diviziyasi) toʻp komandiri. 1945-yil yanvarda Budapesht ostonalari va shaharida boʻlgan janglarda koʻrsatgan jasorati uchun 1945-yil 29-iyunda (vafotidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Mitan shaharchasidagi 41 oʻrta maktab va Ishtixon tumanidagi 39 maktab oldida uning byusti oʻrnatilgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻchqor Qarshiyev 1923-yilda Tangitepa qishlogʻida (hozirgi Samarqand viloyati Ishtixon tumani) dehqon oilasida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. 19-sonli maktab-internatda oʻqib, tarbiyalangan. Kolxozda traktorchi boʻlib ishlagan. 1942-yilda Buxoro viloyati Karmana tumani harbiy komissarligi tomonidan Qoʻchqor Qarshiyev Qizil Armiya safiga chaqiriladi. Q.Qarshiyev Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) ga aʼzo boʻlgan va partiya tashkilotchisi etib saylangan. 1945-yilning yanvariga kelib katta serjant Qoʻchqor Qarshiyev 78-oʻqchilar diviziyasining 407-tankga qarshi qiruvchi diviziyasi (35-gvardiya korpusi, 27-armiya, 2-Ukraina fronti)ga qoʻmondonlik qilgan. U 1945-yilning yanvar–fevral oylarida Gʻarbiy Ukraina va Vengriya hududidagi janglarda alohida ajralib turgan.

Janglarning birida Qarshiyevning butun ekipaji ishdan chiqqanida, u yolgʻiz oʻq uzishni davom ettirib, dushmanning bir qancha tanklari va bronetexnikasini yoʻq qilgan. Dushmanning 8 ta tank va 2 ta zirhli texnikasi jang maydonini tark etgan. Solotvino shahri uchun olib borilgan janglarda Qarshiev ekipaji 1 ta tank, 1 ta bronetransportyor va 10 dan ortiq nemis askar va ofitserlarini yoʻq qildi. 1945-yil 5-fevralda jangda halok boʻldi. Budapeshtda dafn etilgan. Oʻsha vaqtda uning jangovar hisobiga 9 ta portlatib yoʻq qilingan tank, 2 ta bronotransport, 3 ta oʻq-dorilar bilan jihozlangan mashina, 2 ta qurol, 3 ta bunker va 100 dan ortiq oʻldirilgan nemis askar va zobitlari kiritilgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi farmoni bilan „Nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ katta serjant Qoʻchqor Qarshiyev vafotidan soʻng Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni bilan taqdirlangan[3]. Shuningdek, Qoʻchqor Qarshiyev Lenin ordeni, 1-darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻchqor Qarshiyev sharafiga Ishtixon tumani Chimqoʻrgʻon qishlogʻidagi 39- va 41-maktabga qahramonning byustlari oʻrnatilgan, Mitan qishlogʻidagi 41-maktabga Qoʻchqor Qarshiyev nomi berilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Каршиев Кучкар“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  3. „Каршиев Кучкар“. war-heroes.uz. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  4. „Герой Советского Союза Каршиев Кучкар“. livejournal.com. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.