Qoʻngʻiroqgul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo`ng`iroqguldan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻngʻiroqgul - qoʻngʻiroqguldoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Shim. yarim sharning oʻrta kengliklarida, Yevropaning janubi va Old Osiyoda 300 ga yaqin turi tarqalgan. Baʼzi turlari manzarali. Uzbekistonda Q.ning 6 turi uchraydi, shundan Fedchenko Q.i keng tarqalgan. Boʻyi 10—25 sm, koʻp poyali, barglari keng tuxumsimon, keng el-lipssimon yoki yumaloq. Gullari toʻgʻri, baʼzan biroz zigomorf, shakli qoʻngʻiroqsimon, koʻk, zangori, oq, baʼzan binafsha rang , alohida joylashgan. Roʻvak, shingil va boshqa toʻpgullar hosil qiladi. Iyun—iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi koʻsakcha. Togʻlarda qoyalarning yoriqla ridaoʻsadi. Manzarali turi urugʻidan, ildiz bachkilaridan va tupini boʻlish orqali koʻpaytiriladi. Baland boʻyli Q. guldasta qilish uchun, past boʻylilari esa gulzor chetlarini bezash uchun ekiladi. Ayrim turlarining ildiz va barglari ovqatga ishlatiladi.