Qoʻchqortoyev Iristoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo`chqortoyev Iristoydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻchqortoyev Iristoy (1936.5.7, Sayram tumani, Qozogʻiston — 2000.20.12, Turkiya; Toshkentda dafn etilgan) — tilshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Filol. fanlari d-ri (1978), prof. (1981). Oʻrta Osiyo untining filol. fakultetini tugatgan (1958). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim (1958—60), ToshDUda aspirant (1960—63), oʻqituvchi (1964—66), katta oʻqituvchi (1966-68), dotsent (1968—81), dekan oʻrinbosari (1981—82), oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani (1987—95), turk filologiyasi kafedrasi mudiri (1997 yil dan). Turkiya untida oʻzbek tilidan dars bergan.

Asosiy ilmiy ishlari oʻzbek tilida nutq feʼllari mavzuiga bagʻishlangan. Q. Oʻzbekistonda turkiy-shunoslikning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshgan. Oliy oʻquv yurtlari uchun "Turkiy filologiyaga kirish" (hamkorlikda, 1984), "Tilshunoslikka kirish" (hamkorlikda, 1976) kabi darsliklar yaratgan. Uning bolalarga bagʻishlangan "Bu ishing yaxshimi" (1964), "Ikki va oʻn bir" (1964), "Yaylovda" (1965) kabi hikoyalar toʻplamlari ham bor.

Manbalar[tahrir]

  • Badiiy soʻz ustasi, T., 1967; Badiiy nutqstilistikasi, T., 1975; F. de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi, T., 1976; Soʻz maʼnosi va uning valentligi, T, 1977; Oʻzbek tilida nutq feʼllari valent taxlili, T., 1977.