Qoʻchqorota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo`chqor Mozordan yoʻnaltirildi)

Qoʻchqorota, Qoʻchqor mozor — Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan ziyoratgoh, qadamjolar nomi. Ibtidoiy va antik davrlarga oid baʼzi urf-odatlar musulmon dini qabul qilingandan soʻng ham asrlar davomida saqlanib qolgan. Mas, islomdan avval Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan, Sugʻdiyonada qur-bonlikka tuya, ot va qoʻy soʻyilgan. Bu xil odatlar, jumladan, qoʻyni qur-bonlikka soʻyish zardushtiylar orasida ham keng tarqalgan. Qoʻy, qoʻchqor Farna xudosining (muqaddas quyosh yogʻdusi sohibi) ramzi hisoblangan; uni turli marosimlarga atab qurbonlikka soʻyganlar. Qoʻchqorni qurbonlikka soʻyish islomda ham bor.

Yerli xalq qoʻchqorning himoya va turli ofatlarni qaytaruvchi kuchiga ishongan. Fargʻona vodiysida va Oʻzbekistonning bir qancha boshqa tumanlarida "Qoʻchqorota", "Qoʻchqor mozor" deb nomlangan mozorlar mavjud boʻlgan. Odamlar bu mozorlarga ziyo-ratga kelib, qoʻchqor soʻyib qurbonliklar qilganlar. Uyning darvoza kesakisiga (tepa kesakisining oʻrtasiga yoki ikki yon kesakisiga) qoʻchqor shoxlarini qoqib qoʻyish odati ayrim shahar va qishloqlarda hozirgacha saqlanib qolgan. Xalq eʼtiqodiga koʻra, shoxlar hovlini va hovli egalarini yomon koʻzdan va turli ofatlardan saqlar ekan.

Oʻtmishda Toshkentdagi Shayxontohur mozori darvozasi oldida muqad-das keksa qayragʻoch boʻlgan. Uning shoxlariga qoʻchqor, takalarning shoxlari va lattaputtalar osib qoʻyilgan. rivoyatlarga koʻra, Q.ning ruhi shu daraxtga jo boʻlgan ekan. Ziyoratchilar qayragʻoch yonidagi kichik chirogʻxonada qurbonlik shamini yoqishgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shoniyozov K., Qangʻ davlati va qangʻlilar, T., 1990.