Qoʻytikan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'ytikandan yoʻnaltirildi)

Qoʻytikan — murakkabguldoshlarga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 25 turi mavjud. Oʻzbekistonda gʻoʻza Q.i yoki gʻoʻzatikan va oddiy Q. turlari uchraydi. Oddiy Q.ning boʻyi 20—90 sm, gullari bir uyli, ayrim jinsli, urugʻchi savatchalarining oʻrama barglari birikib, mevasida ilmoqli tikanlarga aylanadi. Gʻoʻza Q.i boʻyi 20—60 sm, poyasi shoxlangan. Toʻpmevasi choʻziq-tuxumsimon, usti bir qancha ilgaksimon tikanchalar bilan qoplangan. Iyun — sentabr oylarida gullab, urugʻlaydi. Ariqlar va yoʻl boʻylarida, sugʻoriladigan ekinlar orasida oʻsadi. Yoʻqotish qiyin boʻlgan begona oʻt. Barcha qismida yod, urugʻida alif tayyorlashda ishlatiladigan moy (40%) bor. Barg va ildizidan boʻyoq (sariq va yashil) olish mumkin. mevasining usti ilmoqli mayda tikanchalar bilan qoplanganligidan qoʻylar juniga yopishadi (nomi ham shundan).