Qoʻshbuloq oltin koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'shbuloq Oltin Konidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻshbuloq oltin koni - Angren shahridan 15 km jan.da, Qurama tizmasining shim. yon bagʻridagi kon. 1959 yilda topilgan. 1966 yildan oʻzlashti-rilmoqda. Konning maydoni 10 km2. Oʻrta karbon davriga mansub andezit-datsit formatsiyali, qalinligi 2,5 km gacha boʻlgan vulkanogen yotqiziqlari qoplamidan tarkib topgan Qoʻshbuloq kalderasida rivojlangan. Rudalanish kvars-sulfidli tomirlarda va kvarslanish zonalarida sodir boʻlgan. Mineral tarkibi boʻyicha oltin-sulfid-kvarsli telluridli formatsiyaga tegishli. Rudalarning tarkibida koʻproq kvars va kamroq miqdorda karbonat, seritsitlardan tashqari, turli sulfidlar va kam darajada sulfatuzlar, telluridlar, oksidlar, tugʻma elementlar mavjud. turli ruda tanalarida rudali minerallarning miqdori har xil (5 dan 15— 20% gacha). Konda oltin-sulfid-tel-luridli assotsiatsiya asosiy oltin mahsulotli hisoblanadi. Yertomir minerallari kvars, karbonat, seritsitlardan tashkil topgan. Asosiy rudali minerallar piryt, xira rudalar, oltin va kumushning telluridlari, tugʻma oltinlardir. Baʼzan qalay minerali (kassiterit) uchraydi. Kon rudalari majmuali: asosiy komponen-tlari oltin (13,4 g/t), kumush (112,4 g/t gacha); yoʻl-yoʻlakaylari mis (0,29%), selen (0,0004%), tellur (101,6 g/t), vismut (0,01%). Rudalar 32 ta yirik rudali strukturalarda mujassamlashgan, hozirgi vaqtda 120 tacha ruda tanalari aniqlab oʻrganilgan. Konda ruda tanalarining ikki morfologik turi mavjud. Birinchi turga uz. 632 m gacha boʻlgan va oʻzga-ruvchi qalinlikka (0,1 —10,2 m, oʻrtacha 3,8 m) ega boʻlgan, ruda notekis tarqalgan tomirlar va minerallashgan zonalar kiradi. Ular tik va qiya holda muvofiq yotadi. Ikkinchi turga murakkab geologik tuzilishga ega boʻlgan tik yotuvchi quvursimon tomirli tanalar yoki notoʻgʻri shaklli eksp-loziv brekchiyalar tanalari kiradi. Burgʻilash maʼlumotlariga koʻra rudalanish koʻlami 1500 m chuq.gacha boradi. Kondan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda. Chuqur gorizontlari va chekka qismlari hali yaxshi oʻrganilmagan.