Qoʻrqitish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rqitishdan yoʻnaltirildi)

Qoʻrqitish — jinoyat huquqida biron-bir shaxsga yoki ijtimoiy manfaatlarga ogʻzaki, yozma shaklda yoxud boshqa usullar bilan jismoniy, moddiy yoki boshqa turdagi ziyon yetkazish niyatini ifoda etish; insonga ruhiy azob berish turlari (qiynash usullari)dan biri. Oʻzbekiston JKning 112-moddasida oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan Q. jinoyati va unga bel-gilangan jazo bayon etilgan. Mazkur jinoyat oʻldirish niyati yoki zoʻrlik ishlatishda namoyon boʻlib, bunday harakatlarni amalga oshirish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa tugallangan hisoblanadi. Aybdorni javobgarlikka tortish uchun jabrlanuvchining tahdidning amalga oshirilishidan qoʻrqishi uchun asos hisoblanadigan maʼlum holatlarning mavjud boʻlishi lo-zim. Qonunda bunday jinoyat sodir qilgan shaxsga eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha miqdorda jarimadan tortib 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo belgilangan.