Qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish — qoʻriq va boʻz yerlarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga kiritish jarayoni. Yerlarni oʻzlashtirishda oʻtkaziladigan tadbirlar va ularning koʻlami tabiiy va iqtisodiy sharoitlarga, yer hola-ti, undan foydalanishdagi yoʻnalishlar va ixtisoslashuvga bogʻliq. Bunga meliorativ ishlar (sugʻorish tarmoqlari qurish, suv berish texnikasi, drenaj, shoʻr yuvish va boshqalar); agrotexnik ishlar (oʻgʻit va kimyoviy meliorantlar sepish, krotlash, kovaklash yoʻli bilan tuproq aeratsiyasini yaxshilash, yerni daraxt va buta oʻsimliklaridan tozalash va boshqalar); qurilish ishlari (qishloq xoʻjaligi va unga yaqin tarmoqlarning normal ishlashi uchun zarur ishlab chiqarish obʼyektlari barpo etish, turar joy posyolkalari, madaniy-maishiy va kommunal obʼyektlar qurish va h.k.); tashkiliy ishlar (xoʻjaliklar tashkil etish, ularning moliyaviy va xoʻjalik taʼminoti, aholini koʻchirib keltirish ishlari va h.k.) kiradi. Agar yerlarni oʻzlashtirish boʻyicha ishlar yagona reja asosida yalpi amalga oshirilsa — kompleks oʻzlashtirish usuli, boshqa hollarda esa — bosqichli usul deyiladi. Sobiq Ittifoqda 1954—60 yillarda foydalanmay yotgan yerlarni ekin maydonlariga aylantirish maqsadida Q. va boshqaye.oʻ. juda katta miqyosda amalga oshi-rilgan. Qozogʻiston, Volgaboʻyi, Sharqiy va Gʻarbiy Sibir, Uzoq Sharq rayonlarida shu yillarda 41,8 mln.ga qoʻriq va boʻz yerlar haydalib (shu jumladan, Qozogʻistonda 25,5 mln.ga) don (bugʻdoy) yetishtiradigan xoʻjaliklar barpo etildi va 1960-yilda shu yerlarning oʻzidan 58,7 mln. t bugʻdoy hosili olindi. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarni kompleks oʻzlashtirishning birinchi obʼyekti Mirzachoʻl boʻldi. Oʻzlashtirish ishlarini maxsus tuzilgan boshqarma olib bordi. Bu yerda 400 ming ga ga yaqin yer oʻzlashtirildi. Oʻzlashtirishning kompleks usuli Qarshi, Jizzax, Surxon-She-robod choʻllarida, Quyi Amudaryoda, Qoraqum kanali zonalarida (Turk-maniston) va boshqa massivlarda muvaffaqiyatli qoʻllanmoqda. Yerlarni oʻzlashtirish jarayonida inson hududlarning tabiiy sharoitlariga faol taʼsir koʻrsatadi, shu sababli bu taʼsirning ekologik oqibatlarini oʻrganish zarur.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pokoreniye Golodnoy stepi, T., 1960; Duxovnmy V.A., Irrigaiionnne kompleksn na novmx zemlyax Serdney Azii, T., 1983; Toirov X., Mirzachoʻlni oʻzlashtirish, T, 1984.