Galenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rg'oshin Yaltirog'idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Galenit (lot. galena — qoʻrgʻoshin rudasi), qoʻrgʻoshin yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi PbS. G. 86,6% qoʻrgʻoshin va 13,4% oltingugurtdan iborat. Tarkibida koʻpincha Se, Ag, Bi, Sb, Sn, Zn, Fe, Cd va boshqa qoʻshimchalari boʻladi. Kub singoniyali. Kristallari murakkab kub shaklida. Druza va skelet, oqma kollomorf massa, kamroq kub va oktaedr kristallari koʻrinishida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrang , metallsimon yaltiraydi. Qattikligi 2— 3. S. og . 7,4—7,6. G. oʻrta va past temperaturali gidrotermal konlarda sfalerit, xalkopirit, arsenopirit, pirit, pirrotin va boshqa bilan birga uchraydi. Nuraganda G.ning yuzasi oksidlanib serussit yoki anglezit mineraliga aylanadi. RFda (Oltoy, Shim. Kavkaz, Sharqiy Sibir, Primorye), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Avstraliyada hamda, Afrika qitasida yirik konlari bor. Oʻzbekistonda Nurota, ChatqolQurama togʻlari va boshqa joylarda konlari maʼlum. Asosan qoʻrgʻoshin olinadigan ruda. Tibbiyotda va boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil