Rangli metallurgiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rg'oshin-Rux Sanoatidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.

Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan qimmati jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.

Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (qarang Oltin sanoati). Mis, qoʻrgʻoshin — pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq konsanoat hududida QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956 yil olingan, 1957 yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996 yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda.

Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali mutaxassislar Toshkent texnika universitetida, 1995 yilda tashkil etilgan Navoiy konchilik institutida hamda Toshkent kimyotexnologiya institutida tayyorlanadi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda Rangli metallurgiya monopollashgan sanoat tarmogʻi hisoblanadi. Rangli metallar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH va Yaponiya oldingi oʻrinlarni egallaydi (yana q. Metallurgiya, "Olmaliq konmetallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati, Navoiy konmetallurgiya kombinati).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil