Qoʻqonspirt davlataksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"QOʻQONSPIRT" DAVLATAKSIYADORLIK JAMIYATI - spirt sanoatining yirik korxonasi. "Oʻzspirtsanoat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qoʻqon shahridan 7 km uzoqdikdagi Muqimiy shaharchasida joylashgan. Bugʻdoydan liker-araq, tibbiyotda ishlatiladigan tozalangan "Ekstra" va yuqori darajada tozalangan etil spirti, xalq xoʻjaligida ishlatiladigan boshqa ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1991-yilda oʻgʻitlar va sulfat kislota ishlab chiqaradigan Yangi Qoʻqon kimyo zavodi (1983) negizida oziq-ovqat spirti ishlab chiqaradigan "Qoʻqon" ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Qayta rekonstruksiya qilinib, yillik quvvati 1,8 mln. dal boʻlgan 1-navbati 1995-yildan mahsulot ishlab chiqara boshladi. 1998-yilda 2-navbati (yillik quvvati 0,9 mln.dal) ishga tushi-rildi. 2000-yildan ochiq turdagi aksiya-dorlik jamiyati (Us t a v fondi 10127,6 mln. soʻm; aksiyalar paketining 51% davlatga, 47% chet el investorlariga, 2% mehnat jamoasiga tegishli). Mahsulotlari "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi korxonalariga yetkazib beriladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi. 2004-yilda 988,1 ming dal spirt ishlab chiqarildi.

Abdukarim Umarov.