Qoʻqongul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'qonguldan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻqongul — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki turkum oʻsimliklarning umumiy nomi. 200 turi maʼlum. Shimoliy va Janubiy Amerikada, Afrika, Osiyo va Yevropada keng tarqalgan. yagona turi — xitoy yoki bir yillik Q. Xitoy va Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi, gullari yirik, savatchaga yigʻilgan, rangi binafsha, qizil, oq, iyuldan to kuzgacha ochiladi. Bir yillik qatqat gulli va boshqa xillari manzarali Q.ning urugʻboshisi hisoblanadi. 4 mingga yaqin madaniy navi bor. Ular bir-biridan shakli, tusi, boʻyi va gullarining joyla-shishi bilan farq qiladi. Q.ning ikkinchi turkumi turlarining barglari oddiy, ketma-ket joylashgan koʻp yillik oʻtlardan tashkil topgan. Gullari, savatcha, toʻpgullarga yigʻilgan. Tundradan to oʻrmon zonasigacha boʻlgan yamlovlar, dashtlar, togʻ zonalarida oʻsadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Qoʻqongul" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil