Qoʻmuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'muzdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻmuz — 1) qirgʻiz torli-tirnama musiqa cholgʻusi. Oʻzbek doʻmbirasiga yaqin. Qirgʻizistonning jan. vohalarida chertmek nomi bilan mashhur. Rivoyatlarda aytilishicha, uni afsonaviy Qambarkan (Aliqambar) kashf etgan. Bir butun yogoch (oʻrik, archa, baʼzida yongoq va boshqa daraxt) boʻlagidan yasaladi. Noksimon kosaxonasi, pardasiz dasta va 3 torni ushlab turgan quloqlaridan iborat. Umumiy uz. 85—90 sm. Mayin tovushga ega. Q. qirgʻizlarda eng sevimli va keng tarqalgan professional cholgʻusi boʻlib, unda xalq qoʻshiqlari ohanglariga asoslangan "obon kuylar" ("Semetey kuu", "Qo-raqoʻl boʻtam", "Nalima", "Kerme too" va boshqalar), virtuoz xarakteridagi, baʼ-zan oʻyin-kulgi bilan bogʻliq "aytish kuylar" ("Koʻyroʻn kuu", "Armandu chimchiq") hamda yirik shakldagi mumtoz kuylar ("Qambarkan", "Botoy", "Kerbez" va boshqalar) ijro etiladi. Q, shuningdek, qirgʻiz oqin va ir (qoʻshiq-)chilar tomonidan joʻrnavoz soz sifatida ishlatiladi; 2) qirgʻiz changqoʻbizining nomi (yogʻochqoʻmuz, temir-qoʻmuz); 3) chechen va ingushlarda 19-asrdan tarqalgan garmon nomi.