Qizil volchanka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qizil yugurukdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qizil yugurik- etiologiyasi noaniq bo‘lgan, patogenezi murakkab kasallik bo‘lib, klinik alomatlarining hilma-hilligi bilan ajralib turadi. Ushbu kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi, quyosh nurlariga sezuvchanligi o‘ta yuqori bo‘lib, toshmalar ko‘pincha terining quyosh nuridan himoya qilinmagan ochiq joylarida uchraydi. Kasallikni birinchi marotaba P. Rayer 1827 yili “flux sebace” nomi bilan bayon qilgan. 1851 yili A. Cazenave “qizil yugurik” iborasi bilan atashni taklif qildi. Ko‘pchilik olimlar bu nomni kasallikni to‘g‘ri ifoda etaolmaydi deb hisoblaydilar, shuning uchun A.I. Kartamishev (1952) va Yu.K. Skripkin (1972) bu kasallikni “eritematoz” deb atashni taklif qilganlar. 1972 yili M. Kaposi, bu kasallikning og‘ir kechuvchi, o‘tkir (sistemali) shaklini bayon qildi, natijada kasallik jarayoni kechishi bo‘yicha ikki xil tipda – o‘tkir va surunkali ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kasallik barcha mamlakatlarda uchraydi, umumiy teri kasalliklarining 1,5-1,8% ni tashkil qiladi, ammo oxirgi paytlarda kasallikning, ayniqsa uning o‘tkir shaklining ko‘payishi kuzatilmoqda. Rossiyaning ayrim hududlarida sistemali qizil yugurik kasalligi 100000 aholiga 7,5 bemor nisbatida uchrasa (Lesik O.M.,1992), AQShda 500 ayoldan 1 tasi va 5000 erkakdan 1 tasi qizil yugurikka chalingan (D.L. Tuffanelli, 1981). Hozirgi kunga qadar kasallikning etiologiyasi va patogenezi noaniqligicha qolmoqda. Dastlabki paytlarda olg‘a surilgan, streptokokk, sil tayoqchasi, stafilokokk kabi mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladi degan qarashlar hozirgi kunda faqat tarixiy ma’lumot sifatidagina inobatga olinadi. Keyincha, M. Favre 1935 yili dermatologlarning 9- Halqaro kongressida qizil yugurikning viruslar tomonidan chaqirilishi konsepsiyasini olg‘a surdi.





Yoqubova M.A., Muhammadjonova L.A. “KOLLAGENOZLAR” (Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari davolash, tibbiy pedagogika, pediatriya va stomatologiya fakultetlari 4-kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) Andijon – 2018, 102 b.