Qizil va oq gullar urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qizil va oq gullar urushi (1455—85) — Angliya taxti uchun plantagenetlar sulolasining 2 yoʻnalishi: Lankasterlar (Genrix VI; gerbida — qizil gul) va yorklar (Eduard IV, Richard III; gerbi — oq gul) oʻrtasidagi oʻzaro urush. Lankasterlarni iqtisodiy qoloq Shim. va Uels baronlari, yorklarni iqtisodiy taraqqiy qilgan Janubiy Sharqning yirik zodagonlari, dvoryanlar hamda shaharlik boylar qoʻllabquvvatlashgan.

Urushda ikkala sulola asosiy vakillari oʻlimidan keyin taxtni tyudorlar sulolasi egallagan. Genrix VII Tyudor qirol boʻlib tyudorlar sulolasiga asos solgan. U yorklar vorisi Eduard IV ning qiziga uylanib, gerbida qizil va oq gullarni birlashtirgan.