Qiz qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qiz qal’asi
ozarb. QızQalası
Torre de la Doncella, Baku, Azerbaiyán, 2016-09-26, DD 215-217 HDR.jpg
qal’aning tashqaridan ko'rish.
Mamlakat Flag of Azerbaijan.svg Ozarbayjon
Shahar Baku seal.PNG Boku
Tegishli Ichgarishaxar Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi
Meʼmor Masud ibn Davud
Qurilish vaqti XII asr
Uslubi Shirvan — Apsheron maktabi
Holati muzey
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Walled City of Baku with the Shirvanshah’s Palace and Maiden Tower
Turi Madaniy
Mezonlari vi
Tayinlangan 2000
Manba nomeri 958
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa va Shimoliy Amerika
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 22
Turi uy
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Jungfrauenbastei.jpg
qal’aning plani

Qiz qal’asi (ozarb. QızQalası — Gizgalasi) — Icheri — sheher „Eski shahar“ qirgʻoq qismlarida joylashgan qadimiy qal’a. Boku dengizoldi „fasadining“ eng muhim komponentlaridan biridir. Feodal shahar — Qal’a yoki Icheri-sheher yon qismida qad koʻtargan. Minora tekislangan tosh bilan qoplangan hamda tag qismidan deyarli eng choʻqqisigacha koʻtarilgan, yirik yarim aylana ustunli qal’a devorlari bilan himoyalangan qoyada joylashgan.

Tarix[tahrir]

Qiz qal’asining qurilgan sanasi nomaʼlumdir. Qal’aning tepa qismida kirishning oʻng qismida ikki qator kufi yozuvlli toshli plita oʻrnatilgan. Unda shunday yozilgan: „Masud ibn-Davud gubbasi (gumbaz, qubba)“. Uzoq vaqt davomida bu yozuvdan kelib chiqib, minorani XII asrga taluqli deb hisoblashgan. Lekin bu plita minorada kechroq paydo boʻlgan, sababi u tasodifan va toʻgʻri oʻrnatilgan, asosiy kirish joyidan emas, yon tomonida, yerdan 14 metr balandlikda. Bu tamirlash paytida minora oynasini yopish uchun foydalanilgan qabr tosh yoki qurilmani tamirlagan usta ismi unda yozib qoldirilgan boʻlishi mumkin. Koʻzdan kechirganda bu joyda toʻrtburchak joy yoki oyna boʻlgani aniqlandi. Plita oʻrnatilganidan soʻng, oynaning tepa qismiga bir tosh oʻrnatilgan va ochiq joylari esa qurilishda foydalanilgan qorishma bilan yopilgan. Plita joyida oyna boʻlgani, uning joylashggan joyi minoraning asosiy oynasi bilan deyarli bir sathida faqat qarama — qarshi tomonda joylashgani bilan tasdiqlanadi.

Minora ikki bosqichda qurilgan. Birinchisi tahminan islomdan avalgi eraga, yozuv esa keying, aniqrogʻi XII asrga tegishli.

XVIII—XIX asrlarda Qiz minorasi mayoq sifatida foydalanilgan. Mayoq 1858 yilning 13 iyunida yona boshlagan, undan avval esa, unda qal’a bayrogʻi boʻlgan. Keyinchalik shahar binolari balandligining oshishi bilan mayoq chiroqlari ham shaharning tunggi chiroqlari bilan aralashib ketdi va 1907 yilda mayoq Nargin oroliga koʻchirildi.

Qizlar minorasi bir necha bor restavratsiya qilingan. Rus harbiy boshqarmasi tomonidan XIX asrda oʻtkazilgan taʼmirlash vaqtida minora choʻqqisidan mudofa uchun xizmat qilgan mashikulalar (tishlar) yoʻq boʻlib qoʻlgan. 1964 yilda Qizlar minorasi muzey boʻldi, 2000 yilda esa YUNESKO ning Umumjahon meros obyekti roʻyxatiga kiritilgan. Soʻnggi marotaba minora 2012-2013 yillarda qayta taʼmirlangan.

Tuzilishi[tahrir]

XII asrda Qiz minorasi Bokuning mudofa tizimiga kirgan va Boku qal’asining muhim boʻgini boʻlib Shirvonshohlarning eng qudratli qal’alaridan biridir. Lekin Qiz qal’asining soʻnggi tadqiqotlari uning mudofa uchun moʻljallanganligi haqidagi tahminlarni bekor qildi. Shakli, ichki tuzilishi hamda joylashishi boʻyicha u hech qanday mudofa vazifalariga javob bermasdi, bu vazifa uchun yaroqsiz edi. Bunga yaqqol misol oynalarning joylashuvi boʻla oladi: ular butun minora boʻylab atigi bir nechtadir, va qavatlarda emas, balki koʻtarilayotgan zinalar boʻylab joylashgan va pastga emas tepaga qaratilgan. Bundan tashqari tom maydoni juda kichkina va u yerda biron bir qurollar saqlashga imkon yoʻq. Uchinchidan, birinchi va boshqa qavatlar oʻrtasida doimiy aloqa yoʻq. Yaʼni birinchi qavatdan yuqoriga doimiy zinapoyalar emas, olinadaigan narvon olib borar edi, himoyachilar oʻzlarini yuqori qavatlarda amalda qamab qoʻyishlari mumkin edi. Bu Qizlar minorasining diniy maqsadlarda qurilgan degan fikrni tasdiqlaydi. U Sosoniylar davrida yoki undan avval ham qurilgan (agar quyida koʻrsatilgan avliyo Varfolomeyning qatli haqidagi rivoyat toʻgʻri boʻlsa) zoroastr „sukut minorasi“ ham boʻlishi mumkin.

Yassi toshli gumbazlar bilan minoraning ichki maydoni 8 qavatga boʻlingan, ular vintli zina bilan ulangan va boʻrtib chiqqan joyining janubrogʻida joylashgan tirqishsimon oynalar bilan yoritilgan. Soni 200 kishiga yetishi mumkin boʻlgan Minorada yashovchilarni suv bilan chuqur quduq taʼminlagan. Oʻzining oʻlchamlari bilan (balandligi 28 m, diametri — 16-16,5 m)[1] va devor qalinligi (asosida 5 m va yuqorida 4 m) Qizlar qal’asi Apsheron qasridan ham oʻtib tushadi. Kontrfor, yashirin joyi, „shpora“ bilan tosh oʻqi toʻsgichlarning dunyoda boshqa analogi yoʻqdir. Himoya vositalari meʼmorchilik hususiyati hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yuqoridagi maydonda joylashgan.

Boʻrtib chiqqan va ichkariga oʻyilgan ketma ketlikda taxlanib qurilgan korpusning qovurgʻali yuzasi ham oʻziga hosdir. Qiz qal’asini XX asr va oldinroq davrlarda tavsiflanishida qavatlar haqida soʻz ochilmagan.

Kirish tomonidagi minoraning fasadida kufi yozuvida yozilgan tosh qoʻyilgan. Unda shunday deyiladi: „Davud oʻgʻli Masud minorasi“[2].

Afsonalar[tahrir]

Syujeti afsonaga asoslangan Qiz qal’asi baletidan sahna koʻrinishi

Qiz qal’asini paydo boʻlishi haqida koʻpgina afsonalar mavjud. Ularning aksariyati „Qiz“ soʻzining maʼnosi bilan bogʻliq. Afsonalarning biriga koʻra shoh oʻz qizini suymagan insonga turmushga bermoqchi boʻladi. Oʻzini bunday taqdirdan xalos qilish va otasini bunday fikrdan qaytarish uchun, qiz shohdan qal’a qurib berishni soʻraydi. Qal’ani qurish yakunlanganida shoh oʻz fikridan qaytmaydi va shunda qiz qal’aga chiqib oʻzini dengizga otadi. Qiz yeqilib toshga urilgan toshni „Qizlar toshi“ deb nomlashgan va qizlar kelin boʻlganida shu toshga gul olib kelib qoʻyishgan. Bu afsonaning boshqa varianti ham mavjud: qiz oʻzini dengizga otganidan soʻng, uning qalligʻi qiz uchun qasdini olib shohni oʻldiradi, lekin keyinchalik bilishicha qizni suv parilari qutqarib qolishgan ekan. Bir oz vaqtdan soʻng sevishganlar bir birini topishadi va turmushga chiqishadi. Afsonaga koʻra Qiz qal’asi Kaspiy dengizi qirgʻoqlarida joylashgan.

Rivoyatga koʻra Qiz qal’asi yaqinida Iso paygʻambarning oʻn ikki apostollaridan biri avliyo Varfolomey qatl qilingan. Boku hududida Varfolomey I asrlarda butparast qabilalarga xristianlikni targʻib qilib kelib qolgan. Varfolomey targʻibotlari rad etilib, uni Qizlar qal’asi devorlari oldida qatl qilingan. Qizlar qal’asi yonida qazilmalar olib borilganida, apostol oʻlgan joyida qurilgan bazilika simon qadimiy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Lekin manbalarga koʻra Varfolomey oʻlgan Albanopol shahrining aniq joylashuvi haqida turli talqinlar mavjud [3].

Qiz qal’asi madaniyatda[tahrir]

1923 yilda mashhur Ozarbayjon dramaturgi Djafar Djabarli „Qiz qal’asi“ nomli poema yozgan. Keyingi yil afsona syujeti asosida Ozarbayjonda suratga olingan sovet filmi ekranga chiqdi. 1940 yil Afrasiyab Badalbeyli tomonidan yaratilgan ilk ozarbayjon baleti ham Qiz qal’asiga bagʻishlangan. Boku shahar ramziga Rasul Rza atab sheʼr yozgan:

Qiz qal’asi

Asrlar qoni to’kilgan senga
Yillarning yutug’i va kulfati senda
O’sha davrlarning izidur senda
Qadimgi Qiz qal’asisan.
Ko’nglimning mag’rurligi,
Sen ularni takrorlagin,
Sokinda seni ko’rib,
Hayratdaman Qiz qal’asi.
Samoda suzgan bulut
Fikrim kabi shoshilmas
Senmasmu vatan sadosi
Qiz qal’asi?
Shivirlab ayt shivirlab ayt
Eshitaylik seni sokinda.
Suvlarda tunni chaqirding
Asrlar osha sukut saqlading
Qorong’ilikdan bir so’z aytgin
Qiz qal’asi!
Vaqt keldi shivirlab aytgin -
Sukunatda tinglar sayyora

Rasul Rza

Qiz qal’asini mashhur rassomlarning rasmlarida ham uchratish mumkin.

2010 yldan Qiz qal’asini ommalashtirish maqsadida „Qiz qal’asi“ xalqaro sanʼat festivali oʻtkazilgan, uning doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan rassomlar minora maketlarini bezatishadi.

Qiz qal’asi pochta markalarida[tahrir]

SSSR va Ozarbayjon markalari Qiz qal’asiga atalgan.

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]

  • Djivandji Djamshidji Modi „Bombey tashqarisidagi sayohatlarim“
  • Bretanitskiy L. S., Veymarn B. V. Iskusstvo Azerbaydzhana IV — XVIII vekov / Redaktor I. A. Shkirich. — M.: Iskusstvo, 1976. — 272 s.
  • Dadashev S., Useynov A. Arkhitekturnyye pamyatniki Baku / Redaktor V. A. Vesnin. — M.: Izdatel’stvo Akademii arkhitektury SSSR, 1946. — 111 s.

Manbalar[tahrir]

  1. Dadashev, Useynov, 1946, b. 36.
  2. Dadashev, Useynov, 1946, b. 37.
  3. Apostol Varfolomey // Pravoslav ensiklopediya. — M. : „Pravoslav ensiklopediya“ cherkov — ilmiy markaz , 2003. — T. VI. — B. 706-711. — 752 b. — 39 000 eks. — ISBN 5-89572-010-2.