Qiz minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qiz minorasi
Kız Kulesi
Eski nomlari Leander minorasi
Leandros minorasi
Umumiy maʼlumot
Turi minora
Manzili Bo'g'ozichi, Istanbul , Turkiya
Shahar Istanbul
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Qurilishi tugagan mil.avv. 410-yil
Egasi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
Balandligi
Balandligi 80 arshin
Tip Usmoniylar va Vizantiya uslubi
kizkulesi.com
Qiz minorasi

Qiz minorasi - (turkcha: Kız Kulesi) togʻrisida farqli rivoyatlar mavjud boʻlgan, haqida koʻplab afsonalar yaratilgan[1], Bosforning Marmara dengiziga yaqin qismida joylashgan Salajak yaqinidagi kichik bir orolda qurilgan inshootdir.

Uskudarning ramziga aylangan bu minora, Uskudardagi Vizantiya davridan qolgan yagona memoriy asardir. Qurilish tarixi Miloddan avvalgi 24-yillarga borib taqaladigan[2] bu minora Qora dengizning Marmara dengizi bilan tutashgan yeridagi kichik orolda qurilgan. Baʼzi Yevropalik tarixchilar uni Leander minorasi deb atashadi. Minora haqida koʻplab afsonalar mavjud. Avliyo Chalabiy minorani oʻz asarida shunday tasvirlaydi:

Dengizning o'rtasida qirg'oqda bir o'qlik masofa uzoqda, to'rtburchak, sanatkorona qurilgan bir minoradir. Balandligi naqd 80 arshindir, sath masofasi ikki yuz qadamdir. Ikki tomondan eshigi maavjutdir.

Minoraning bugungi kundagi poydevori va pastki qavatining muhim qismlari Mehmed II Fotih davrida qurilgandir.Uning ustidagi bir qarashda medalyonni eslatuvchi lavhada minoraga bugungi shaklini berdirgan Sulton Mahmud II ning 1832-yilda usta xattot Rasimning qalami bilan ishlangan bir muhri bor. Minoraning Eminoʻnu semti tarafi kengroq boʻlib, bu yerda sardoba ham mavjud boʻlgan.[2]

Dastlab yunonlar davrida bir qabr maqrasi joylashgan orol, keyingi davrlarda, Vizantiya davrida qurilgan qoʻshimcha bino bilan birgalikda bojxona stantsiyasi sifatida foydalanila boshlangan. Usmonlilar davrida esa namoyish maydonchasidan tortib mudofaa qal'asigacha, surgun stantsiyasidan torib epidemiya xonasiga qadar koʻplab funksiyalar yuklangan.

Asrlar davomida bu minora insonlarga, kechalari dengizdan oʻtuvchi kemalarga oʻzining koʻzni qamashtiruvchi nurlari bilan yoʻl koʻrsatib turuvchi mayoq vazifasini bajarib kelgandir. 2000-yilda “Qiz minorasi” restavratsiya qilinib, hozirda vilkalar pichoq tovushlari eshitilib turadigan joyga aylantirildi. Qiz minorasiga yetib olish uchun Salajak va Oʻrtakoʻydan qayiq orqali oʻtish kerak boʻladi.[2]

Juda qadimiy tarixga ega boʻlgan Qiz minorasi bir vaqtlar boʻgʻozdan oʻtuvchi kemalardan soliq yigʻish maqsadida ham foydalanilgan. Minora bilan Yevropa qirgʻoqlari boʻylab katta bir zanjir tortilib, kemalarning Anadolu qirgʻoqlari orqali Qiz minorasi oʻrtasidan oʻtishiga (oʻsha paytda kema oʻlchamlari kichik boʻlgani uchun oʻta olar edilar) ruxsat berilgan edi. Bir muncha vaqt oʻtgach, Minora zanjirni koʻtara olmadi va Yevropa qirgʻoqlari tomoniga qarab quladi. Minoradan suvga qaralganida uning xarobalarini koʻrish mumkin[2][3]

Qadimda Arkla (kichik qal'a) va Damialis (sigir buzogʻi) nomi bilan mashhur boʻlgan minora, bir muddat „Tour de Leandros“ (Leandros minorasi) nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Hozirda u Qiz minorasi nomi bilan atalib, shu nom bilan eslanmoqdadir.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „https://kizkulesi.com/efsaneler“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „https://kizkulesi.com/tarihce“.
  3. „https://kizkulesi.com/basin-bulteni“.