Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslikadabiyotshunoslikda 19-asrning 2-yarmida pozitivizm taʼsiri ostida Yevropada paydo boʻlgan maktablardan biri; adabiyot tarixining xalqaro adabiy aloqalar va munosabatlarni, turli mamlakatlardagi adabiy-badiiy voqea-hodisalarning oʻxshash va farqli jihatlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslika. namoyandalari asosiy eʼtiborni adabiy oqimlar, milliy adabiyotlar va ayrim asarlar, obraz va syujetlar oʻrtasidagi oʻxshashlikni aniqlashga qaratadilar, syujetlar migratsiyasini, yaʼni xalqdan xalqqa koʻchishini adabiy rivojlanishning omili deb qaraydilar. Shuni aytish kerakki, adabiy voqea-hodisalarning oʻxshashligi, bir tomondan, xalqlarning ijtimoiy va madaniy rivojlanishidagi oʻxshashlikka, ikkinchi tomondan esa, ular oʻrtasidagi madaniy va adabiy aloqalarga asoslanadi; shunga muvofiq ravishda adabiy jarayonning tipologik oʻxshashliklari hamda "adabiy aloqalar va taʼsirlar" farqlanadi. Odatda, ular oʻzaro taʼsir, aloqada boʻlsada, biroq bu narsa ularning qoʻshilib, qorishib ketishini tasdiqlamaydi. Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslikning dastlabki belgilari nemis olimlari I.G.Gerder, J.Benfey, ingliz olimi J.Denlon va rus olimi F.I.Buslayev asarlarida namoyon boʻlgan boʻlsada, uning asosiy prinsiplari yevropalik X.M.Poznett va rossiyalik A.N.Veselovskiy asarlarida uzilkesil taʼriftavsifga ega boʻladi. Komparativistlar, yaʼni Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslika. namoyandalari insoniyatning badiiy taraqqiyotiga oid maʼlumotlarni yigʻish, turli mamlakatlar adabiyotlari va folklori oʻrtasidagi ayrim oʻxshashlik va aloqalarni aniqlash ishiga katta hissa qoʻshdilar. Biroq ular badiiy voqealarni aksar hollarda qaramaqarshi tabaqalar kurashidan holi tarzda oʻrganib, asarlarning ijtimoiy mazmuniga yetarlicha eʼtibor qaratmadilar, asosan, syujet, obraz, motiv, koʻchim (trop)lar kabi shakliy unsurlarga hamda ularning "oʻzlashtirilishi"ga ahamiyat berdilar. Bu holat maʼlum darajada sxematizm va subʼyektivizmga, milliy adabiyotlar oʻziga xosligini inkor etishga, "oʻzlashma" syujetlar rolini boʻrttirib koʻrsatishga olib keladi. 20-asr rus adabiyotshunoslaridan N.I.Konrad, V.M.Jirmunskiy, V.Ya.Propp, I.G. Neupokoyeva va boshqalar, Gʻarbiy Yevropa va Amerika komparativistlaridan farqli ravishda, adabiyotlar va folklorni qiyosiy oʻrganishda oʻxshashliklarni nafaqat syujet yoki motivlarning oddiy koʻchishi sifatida, balki tipologik hodisalar sifatida izohlaydilar. Oʻzbek olimlaridan F.Sulaymonova, B.Sarimsoqov, K.Imomov, H.Homidiy, M.Joʻrayev va boshqalarlarning asarlarida u yoki bu darajada Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslika. unsurlari uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Vzaimosvyazi i vzaimodeystviye natsionalnnx literatur. Material1 diskussii, M., 1961; Neupokoyeva I . G., Problemn vzaimodeystviya sovremennnx literatur, M., 1963; Konrad N.I.,Zapad i Vostok. Stati, 2izd., M., 1972; Sulaymonova F., Sharq va Gʻarb, T., 1997; Joʻrayev M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.