Qiyoq (cholgʻu asbobi)
Qiyofa
Qiyoq (qad. turkiycha — qiya, egri), qil qiyoq — Koʻbizga yaqin qirgʻiz torlikamonli musiqa cholgʻusi. Choʻmichsimon kosaxonasi, sal egilgan dastasi, ot qilidan chiyra tilmasdan tortilgan 2 tori mavjud. Kosaxonaning pastki qismi teri bilan qoplanadi. Umumiy uz. 60—70 sm. Q.da xalq qoʻshiqlari va doston kuylariga asoslangan asarlar hamda dasturli kuylar ijro etiladi. U, shuningdek, qirgʻiz oqin dostonchilariga joʻrnavoz soz vazifasini ham bajaradi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |