Qiyin eriydigan metallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qiyin suyuqlanuvchi metallardan yoʻnaltirildi)

Qiyin eriydigan metallar, qiyin suyuqlanuvchi metallar — suyuqlanish temperaturasi 1650—1700° dan yuqori boʻlgan metallar; 1000° dan yuqori temperaturada mexanik xossalarini, puxtaligini yoʻqotmaydi. Qiyin eriydigan metallar m.ga titan I, vanadiy V, xrom Sg, sirkoniy 2g, niobiy N5, molibden Mo, texnetsiy Ts, ruteniy Ki, gafniy NGʻ, tantal Ta, volfram XV, reniy Ke, osmiy 08, iridiy 1g, rodiy Kp metallari kiradi.

Qiyin eriydigan metallar m. atomlarining elektron tuzilishi bir-biriga yaqinligi va ularning oʻzgaruvchan valentligi koʻp turda kimyoviy birikmalar olishga imkon beradi; ular qiyin suyuqlanuvchan metallsimon qattiq birikmalar hosil qiladi (qarang Kukun metallurgiyasi).

Qiyin eriydigan metallar m.ning baʼzilari, mas, Sg, V, ^ ni sof holda ajratib olish osonroq boʻlganligi uchun koʻproq tarqalgan boʻlsa, baʼzilari, mas, K, Ke, 1g, Ov va Ki siyrak metallardir.

Q e. m. ularning tuzlaridan qaytarish va elektroliz yoʻli bilan olinadi. Qiyin eriydigan metallar m. legirlovchi elementlar sifatida, sof holda, qotishmalar holida ishlatiladi. Mas, Kp agressiv moddalar taʼsiriga juda chidamli, mustahkamlik chegarasi 560 MN/m2, rodiy lentasi yuqori temperatura hosil qiladigan va oksidlovchi muhitda ishlaydigan elektr pechlarining qizdirish elementlari uchun ishlatiladi, 60% K bilan 40% 1g qotishmasi 2300° gacha boʻlgan temperaturalarni oʻlchashda foydalaniladigan termoparalar uchun, NG elektrotexnika va radiotexnikada, gafniy karbidi esa keskichlar, shtamp matritsalari tayyorlashga ketadigan qattiq qotishmalarga qoʻshish uchun ishlatiladi va hokazo. Qiyin eriydigan metallar m.dan qotishmalarning xossalarini yaxshilovchi qoʻshimcha sifatida, tigellar tayyorlashda, korroziyabardosh qoplamlar uchun, turbinalar, yadro reaktorlari, elektron asboblar, raketalar, kosmik kemalar va boshqalarda keng foydalaniladi.