Qitir pashshalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qitirlardan yoʻnaltirildi)

Qitir pashshalar, qitirlar — qisqa moʻylovli ikki qanotlilar oilasi. Bu oiladan Pale-arktikadagi eng yirik pashsha — ulkan qitirning uz. 50 mm ga yetadi. 5500 dan ortiqturi bor. Oʻzbekistonda 300 ga yaqip turi tarqalgan; asosan, dasht va choʻl mintaqalarida uchraydi. Voyaga yetgan Qitir pashshalar faol hayot kechiradigan hasharotlar. Hasharotlar, oʻrgimchaklar, kanalar bilan oziqlanadi. Uljasini, asosan, havoda tutadi. Qurtlari ham yirtqich; 2—3 yilda rivojlanadi. Q. zararkunanda hasharotlar: qoʻngʻizlar, chigirtkalar va boshqa sonini cheklab turadi; baʼzan asalarilarni tutib yeb, ziyon keltiradi.